Javada interfeyslar

Javada interfeyslar

Javada interfeyslar orqali to'liq abstraktsiyani tashkillashtirish mumkin. Interfeys tarkibidagi metodlarning faqat nomlari bo'lishi mumkin, ularning tanasi bo'lishi mumkin emas. Shuningdek, Interfeys tarkibida ma'lumotlar bo'lishi ham mumkin.

Esda tuting: Java kompilyatori interfeys tarkibidagi metodlarga public va abstractkalit so'zlarni, interfeys tarkibidagi ma'lumotlarga esa public, static va final kalit so'zlarni qo'shadi.

Interfeyslarni classlarda foydalanish uchun implements kalit so'zi ishlatiladi. Quyidagi misolda, printable interfeysi bitta print() metodiga ega va ushbu metodning tanasi A class ichida yozilayapti.

interface printable{
void print();
}

class A implements printable{
public void print(){System.out.println("Salom");}

public static void main(String args[]){
A obj = new A();
obj.print();
}
}

Bir class bir vatda bir nechta interfeyslarndan foydalanishi (implementation) mumkin. Quyidagi misolga qarang:

interface Printable{  
void print();  
}  
  
interface Showable{  
void show();  
}  
  
class A implements Printable,Showable{  
  
public void print(){System.out.println("Salom");}  
public void show(){System.out.println("Hush kelibsiz");}  
  
public static void main(String args[]){  
A obj = new A();  
obj.print();  
obj.show();  
 }  
}

Quyidagi misolda class interfeydan foydalanadi, interfeys esa boshqa interfeysdan nasl oladi:

interface Printable{  
void print();  
}  
interface Showable extends Printable{  
void show();  
}  
class A implements Showable{  
  
public void print(){System.out.println("Salom");}  
public void show(){System.out.println("Hush kelibsiz");}  
  
public static void main(String args[]){  
A obj = new A();  
obj.print();  
obj.show();  
 }  
}

Shunindek, bir interfyes tarkibida boshqa bir interyes bo'lishi ham mumkin:

interface Xat{  
 void xatKeldi();  
 interface xatHabar{  
   void xatHabarKeldi();  
 }  
}
Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!