JavaScript veb dasturlash tiliga oid muhim savollarga javoblar(boshlovchilar uchun)

JavaScript nima?

Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to'g'rirog'i veb dasturlash tili, undan ham to'g'rirog'i klient(brauzer) tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya'ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server(Apache, ngnix) kerak emas, oddiy brauzerda(Javascript'da yozilgan kodlar) ishlayveradi.

Bu til nima uchun kerak?

Bu dasturlash tili orqali serverga so'rov jo'natmasdan, so'rovlarni(javascript kodlarini), ya'ni yozilgan kodlar natijasini, brauzerni ishga tushirgan holda olishingiz mumkin. Asosan interaktiv(dinamik) saytlar tuzish uchun kerak.

Yuqoridagi fikr nima degani?

Har xil turdagi veb dasturlash tillari mavjud, misol uchun, PHP, ASP, JAVA. Bu dasturlash tillari serverga murojaat qilgan holda ishlaydi. Misol uchun, siz arifmetik qo'shish amalini bajarmoqdasiz, yig'indini olish uchun, siz yozgan kod, veb serverga jo'natiladi, server bu kodni qayta ishlaydi va natijani sizga jo'natadi. Shu tariqa siz natijani olasiz, brauzer ham serverdan javob(natija) kelguncha aylanib yotadi. Bundan ko'rinib turibdiki, saytning(veb sahifaning) ishlash tezligi server sozlamalariga, servergacha bo'lgan masofaga, aloqa kabellariga va boshqa narsalarga bog'liq bo'lib qoladi. JavaScript'da yozilgan kodlar esa, hech qanday serverga murojaatni amalga oshirmaydi, shu sababli bu dasturlash tili kodlari brauzerni qayta yuklamasdan ishlayveradi.

JavaScript veb dasturlash tilini qachon o'rgangan ma'qul?

Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o'rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o'rganish ham oson bo'ladi. Ko'pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o'rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript'ni o'rgangan yaxshi va yengil.

JavaScript kodlari orqali nimalarni qilib bo'lmaydi?

— grafika bilan ishlay olmaydi, ya'ni o'zi grafik ob'yektlar hosil qila olmaydi;

— fayllar bilan ishlay olmaydi;

— ma'lumotlar bazasi bilan ishlay olmaydi;

— tarmoq texnologiyalari bilan ishlay olmaydi, va boshqa murakkab ishlarni qilishga qiynaladi yoki qilaolmaydi.

Bu til kodlari ishlash tezligi qanday?

Agar sodda kodlar bo'lsa, albatta tez ishlaydi, lekin kodlar murakkab bo'lsa boshqa veb dasturlash tillariga(PHP, ASP)qaraganda sekinroq ishlaydi. Chunki yozilgan kodni qayta ishlashga yordam beradigan server yo'q, agar kodda xatoliklar bo'lsa, bu xatoliklarni brauzerni o'zi analiz qilishi lozim.

JavaScript kodlari qayerga yoziladi, ya'ni u uchun IDE(muhit) mavjudmi?

HTML kodlari qayerga yozilsa, javascript kodlari ham o'sha yerda yozilishi mumkin, o'rganish uchun eng yaxshi muhit, mani fikrimcha, Notepad++. Undan tashqari quyidagi IDE'larda ham yozish mumkin:

PHPStorm

NetBeans

Zend Studio

PHPDesigner

JavaScript kodlari ishlashi uchun nimalar kerak?

Umuman olganda brauzer bo'lsa bo'ldi, lekin brauzerning Javascript kodlarini o'qishi va ishga tushirishiga ruhsat beradigan funksiyasi yoqilgan bo'lishi kerak(qanday yoqish qilish kerakligi haqida).

JavaScript dasturlash tili bilan, JAVA dasturlash tili bitta narsami?

Yo'q, bu ikki til boshqa boshqa dasturlash tillari hisoblanadi. Ko'pchilik shu ikki tilni bitta deb o'ylashadi. JAVA kodlari JVM orqali ishlaydi. Bu til haqida to'liq ma'lumotni quyidagi maqoladan o'qishingiz mumkin.

JavaScript tilini o'rganish uchun o'zbekcha darslarni qayerdan topsa bo'ladi?

Agar sabr bilan kuzatib borsangiz, man, bu tilni, shu sayt(akmx.uz) orqali o'rgatib boraman.

Bu darslar bepul bo'ladimi yoki pullikmi?

Bizda ya'ni bizning proyektlarning(akmx.uz, ask.akmx.uz, convert.akmx.uz) hammasi bepul.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!