Javascriptda boshlang'ich ko'nikmalar - Massiv (1-qisim)

Siz massiv haqida eshitgan bo'lsangiz kerak, chunki bu tushuncha har bir dasturlash tilida mavjud yoki matematika fanida (matritsa deb balki) eshitgandirsiz. Ko'pchilik array atamasini ishlatishni ma`qul ko'radi. Dasturlashda: missiv bu — ko'p sondagi o'zgaruvchilarni bitta o'zgaruvchi ko'rinishida ifodalash. Javascriptda u quyidagicha ko'rinishda e`lon qilinadi.

var array-name = [item1, item2, ...];
/* Bu yerda:
    1. array-name - massiv nomi 
    2. [] - massiv tanasi, oddiy qilib aytganda uning ichida massiv elementlari yoziladi
    3. item1 va item2 - massiv elemntlari 
*/

Javascriptda massiv o'zgaruvchisini e`lon qilishning 2 usuli bo'lib ular quyidagicha:

var cars = ["Saab", "Volvo", "BMW"];
var cars = new Array("Saab", "Volvo", "BMW");

Ikkalasi ham yangi massivni yaratadi, ikkala usul ham to'g'ri, lekin 1-usulni ishlatish maslahat bariladi. Chunki uning ko'rinishi oddiy, tushunishga oson va yozishga qulay.

var arr = new Array(2,3); // massiv yaratildi, qiymati: [2, 3]
arr = new Array(2); // massivda [2] element aniqlandimi ? 
alert(arr[0]); // yo'q! bizning massiv qiymati: [undefined, undefined]

Massivda elementlar sanog'i 0 dan boshlanadi cars[0] degani bu massivdagi 1-elemantga muroajat qilish bo'ladi. Massiv elementlariga muroajat quyidagija amalga oshiradi:

var name = cars[0]; // massiv elementini boshqa o'zgaruvchiga o'zlashtirish
cars[1] = "Opel";  // massiv elementini o'zgartirish. Agar massivni 2-elementi aniqlanmagan bo'lsa, bu ifoda massivda yangi element qo'shish bo'ladi.

Javascriptning boshqa dasturlash tillaridan farqli bir hususiyatlaridan biri massiv elementlari turlari har xil bo'lishi ham mumkin. Javascript bunga imkon beradi, masalan:

myArray[0] = Date.now;
myArray[1] = myFunction;
myArray[2] = myCars;

Massiv ustida amallar va massivga tegishli funksiylar

Berilagan misollarni albatda o'zingiz ham amalda sinab ko'ring.
var fruits = ["Banana", "Orange", "Apple", "Mango"];
alert(fruits.length); // 4

alert(fruits.sort()); // ["Apple", "Banana", "Mango", "Orange"]
var arr = [ 1, 2, 15 ];
alert( arr.sort() )   // 1, 15, 2

var index, text = '';
for(index = 0; index < fruits.length; index++) {
    text += fruits[index];
}

var fruits = [] // bo'sh massiv
fruits[1] = 'Peach'
fruits[99] = 'Apple'
alert(fruits.length)  // 100 (lekin massivning 2 ta elementi aniqlangan holos)

var emptyArray = [];
var days = ['Monday', 'Tuesday', 'Wednesday', 'Thursday', 'Friday', 'Saturday', 'Sunday']
var emptyArray = [];
var days = ['Monday', 'Tuesday', 'Wednesday', 'Thursday', 'Friday', 'Saturday', 'Sunday']
for(index = 0; index < 10; index++){
    emptyArray[emptyArray.length] = Math.floor(Math.random() * 6) + 1
}
for(index = 0; index < emptyArray.length; index++){
    console.log(days[emptyArray[index]]);
}

length — bu yuqorida ko'rganingizdek, massiz uzunligi, elementlar sonini bildiradi.
sort() — massiv elemntlarini alfabit bo'yich o'sish tartibida saralaydi. Etibor bergan bo'lsangiz yuqoridagi misollarda '15' '2' dan oldin turib qolgan, chunki saralsh paytida Javascript ularni oddiy char ( char bu bir simvol ) deb hisonlaydi va '15' dagi 1-sinvol '1' '2' bilan solishtiradi. Agarda siz qiymat bo'yicha saralash qilishni hohlasangin unda quyidagi namudandan foydalanishingiz mumkin:

var fruits = ["Banana", "Orange", "Apple", "Mango"];
alert(fruits.length); // 4

alert(fruits.sort()); // ["Apple", "Banana", "Mango", "Orange"]
var arr = [ 1, 2, 15 ];
alert( arr.sort() )   // 1, 15, 2

var index, text = '';
for(index = 0; index < fruits.length; index++) {
    text += fruits[index];
}

var fruits = [] // bo'sh massiv
fruits[1] = 'Peach'
fruits[99] = 'Apple'
alert(fruits.length)  // 100 (lekin massivning 2 ta elementi aniqlangan holos)

var emptyArray = [];
var days = ['Monday', 'Tuesday', 'Wednesday', 'Thursday', 'Friday', 'Saturday', 'Sunday']
var emptyArray = [];
var days = ['Monday', 'Tuesday', 'Wednesday', 'Thursday', 'Friday', 'Saturday', 'Sunday']
for(index = 0; index < 10; index++){
    emptyArray[emptyArray.length] = Math.floor(Math.random() * 6) + 1
}
for(index = 0; index < emptyArray.length; index++){
    console.log(days[emptyArray[index]]);
}

compare funksiya solishtirilishi kerak bo'lgan ikkita qiymatni funksiya o'zgaruvchisi sifatida oladi. Siz compare funksiyani o'zingiz hohlagancha o'zgartirishingiz mumkin. Davomi...

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!