JSON va uning qo'llanishi

JSON (JavaScript Object Notation) bu malumatlar almashinishi uchun ishlatiladigan text formati bo'lib, javascript uchun yaratilgan va aynan shu tilda ko'p qo'llaniladi.
Duglas Krokford tomonidan yaratilgan. JSON javascript uchun yaratilganiga qaramasdan uni ko'pchilik tillarda ishlatishimiz mumkin. Aynam men uni androidda server bilan malumot almashganda ishlatganman.
Server json ko'rinishida malumotlarni jo'natgan, abdroidda u parse qilinib mos class obyektlariga aylantirilgan. Shaxsiy tajribamdan ( uncha katta emas-u :) )
kelib chiqib aytadigan bo'lsam, JSON obyekt asason frontendga backenddan malumotlarni jo'natishda ishlatiladi.
Hususan PHPga keladigan bo'lsak uning 5.2 versiyasidan boshlab json_encode() va json_decode() junksiyalari kiritilgan.
JSON ga misol:

{  
      "firstName" :      "Иван" ,  
      "lastName" :      "Иванов" ,  
      "address" :    {  
          "streetAddress" :      "Московское ш., 101, кв.101" ,  
          "city" :      "Ленинград" ,  
          "postalCode" : 101101  
    },  
      "phoneNumbers" :    [  
          "812 123-1234" ,  
          "916 123-4567"  
    ]  
}


Ko'rib turganingizdek u 2 qismdan iborat: key(o'zgaruvchi nomi) va

qiymati. Nomidan kelib chiqib chiqqan holda u oddiy javascript obyektga

juda o'xshaydi. Javascript Obyekt haqidagi postni o'qishingiz mumkin. Ularning assosiy farqi:

  • Key (o'zgaruvchi nomi) har doim " ichida yozilishi kerak.
  • Qabul qiladigan qiymatlari
    • string
    • sonli qiymat
    • boshqa JSON obyekt
    • massiv
    • bool qiymat
    • null

Masalan:


// JSON:
{ "foo" : "bar"   } 
// Javascript obyekt:
var o=
{
    foo : "bar"
};


Biz javascript obyektni var o = { foo: «bar» }; deb yozgan taqdirimizda ham javascript xatosiz ishlayveradi.Nimaga endi JSONda key " ichida yoziladi? Tepada aytganimizdek, json o'zaro malumot almashish formati va malumot qabul qiladigan tomon malumotni parse qilishi uchun shunday o'zgarmas qonunlarni joriy qilgan.



Balki siz bunday ko'rinishdagi obyektlarni boshqa dasturlash tillarida ishlatgandirsiz.

Turli dasturlash tillarida uni har hil atalgan holatlarini uchratish

mumkin, masala struktura, dictionary, hash jadval, kalit so'zli ro'yxati

yoki assotsiativ

massiv va hakazo.

Manba:

javascript json 21-Mart 07:57 1388

texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

r00t
r00t
Salom. Menda savol bor edi. { { 'key1' => "Test1", 'key2' => "Test2"}, { 'key3'=>"Test3", 'key4' => "Test4" }} Shu JSON ma'lumotda key4 ni PHP da qanday chop etish mumkin?
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!