Kompyuter bilan ishlaganda yo’l qo’yiladigan 5 ta xato

Kompyuter bilan ishlaganda yo’l qo’yiladigan 5 ta xato

Ko'p kompyuter foydalanuvchilari(asosan boshlang'ich foydalanuvchilar) kompyuter bilan ishlaganda ko'pincha bir xildagi xatoliklarga yo'l qo'yishadi va shuning oqibatida kompyuterning sekin ishlashiga yoki bir tekisda ishlamasligiga erishishadi. Bu xatoliklar ko'pincha quyida ko'rinishlarda namoyon bo'ladi.

Bu maqolamda kompyuter bilan ishlaganda, uning ishlashigi susaytiruvchi, odatiy xatoliklar to'g'risida yozmoqchiman. Keling shu xatoliklarni tahlil qilib chiqaylik. 5 ta asosiy xatoliklar ketma-ketligi bilan tanishing.

1. Bittadan ko'p antivirus dasturlarini o'rnatish.

Ko'p kompyuter foydalanuvchilari qanchalik ko'p antivirus o'rnatilsa, shunchalik kompyuter xavfsiz deb o'ylashadi va bir nechta antiviruslar o'rnatishga harakat qilishadi.

Antivirus dasturlari ko'p resurs talab qilishadi va shu bilan birga bir birini ishiga halaqit berishadi. Undan tashqari fayl strukturalarini o'zgarishiga ham olib kelishi mumkin. Har bir antivirusning o'zining tekshirish algoritmiga ega va ular bir biriga zid keladi. Ishonmasangiz 2 ta antivirus o'rnatib tizimni qayta yuklab ko'ring, operatsion tizim yonishi sekinlashib, ishlashiga katta ta'sir qilishini ko'rasiz(maslahat bermayman).

O'z tajribamda bo'lgan voqea. O'zimni kompyuterimda kasperskiy antivirusi bor edi, lekin uning bazasi eskiroq edi. Man bu antivirus tekshirishiga qoniqmay, doktorveb antivirusini ham o'rnatdim va tamom, kompyuter yuklanishi uchun 20 daqiqacha vaqt ketdi.

2. Interfeysni o'zgartiruvchi dasturlar.

Navbatdagi katta xatolardan biri har xil turdagi standart interfeysni o'zgartiruvchi dasturlar. Ular tizim shriftini, yonish jarayonini, ikonka rasmlari va hakazolarni o'zgartiradi. Albatta bular chiroyli ko'rinishga ega bo'ladi, lekin ish jarayonini sekinlashtiradi. Agar siz kompyuterni jiddiy ishlar maqsadida olgan bo'lsangiz, bunday dasturlarni o'rnatish tavsiya qilinmaydi.

3. Asosiy katalogni asrang.

Keyinga asosiy foydalanuvchilar yo'l qo'yadigan xatoliklardan biri dastur va o'yinlarni asosiy katalogga o'rnatishdan iboratdir. Asosiy katalog qaysi? Bu Windows operatsion tizimida C:\ manzili hisoblanadi. O'zi С diskga o'yinlarni o'rnatish tavsiya qilinmaydi, asosiy katalogga esa umuman. Chunki С disk bilan operatsion tizim ishlaydi va har xil turdagi tizim kutubxonalаr bilan ishlaydi. O'yinlar ham har xil kutubxonalarni o'rnatadi va 2 ta bir xil kutubxona bir-biriga halaqit berishi mumkin.

O'yinlar asosan diskni qo'shimcha partitioniga o'rnatilishi lozim, misol uchun D:\game, agar С diskga o'rnatish kerak bo'lsa C:\game\game_name, lekin C:\ ichiga emas.

4. Ortiqcha dasturlarni o'rnatish.

Dastlab kompyuter sotib olgandan so'ng ko'pchilik kompyuteri to'la turishini xohlaydi va har xil bo'lar bo'mas dasturlarni o'rnatishni boshlaydi. Agar biror tanishida biror dasturni ko'rib qolsa, mani qayerim kam manda ham shu dastur bo'lish kerak deydi. Hattoki bu dastur qanday vazifani bajarishni bilmasa ham.

Sizga maslahat kompyuteringizni har xil narsalar bilan to'latmang. Eng asosiysi bir xil vazifani bajaruvchi har xil dasturlarni o'rnatmang. Bittasini tanlab shu dasturni to'liq o'rganing.

5. Kompyuterni to'g'ri o'chiring.

Keyingisi va nihoyat oxirgisi kompyuterni to'g'ri o'chiring. Hech qachon ПИП dan vilkani sug'urib olmang. ПУСК orqali o'chiring, kompyuterni o'z o'chirish algoritmi orqali o'chishiga imkon yaratib bering. Agar birdan o'chirib qo'ysangiz, vinchester disklari birdan to'xtab, buzilishi yoki ma'lumotlar yo'qolishi eng minimumi esa operatsion tizim yaroqsiz holga kelishi mumkin.

Yuqoridagi maslahatlarga amal qilsangiz, kompyuteringiz uzoq va samarali xizmat qilishiga erishasiz va kompyuteringizni faqat modeli eskirib qolganda yoki pulingiz ko'payib qolganda almashtirishingiz mumkin bo'ladi. Yuqoridagi ro'yxatga yana biror nima qo'shmoqchi bo'lsangiz izohga yozing.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!