Kutib oling: Yordam.uz - axborot texnologiyalari bo'yicha savol-javoblar!?

Assalom alaykum!

Maqola sarlavhasidan sezgan bo'lsangiz kerak. Yordam.uz sayti axborot texnologiyalariga oid savol-javoblar sayti bo'lib, internetni o'zbekcha va O'zbekistonga oid bo'lgan qismidagi kamchilikni bartaraf etish, tanlangan, to'liq va sifatli ma'lumotlar yo'qligi bo'yicha bo'shliqni to'ldirish uchun ishga tushirildi.

Shuni ta'kidlash joizki, ushbu saytda faqat dasturlash, elektronika va tizim administratorligiga oid bo'lgan savollar, javoblar va izohlar berilishi, qoldirilishi mumkin. Va buni sayt foydalanuvchilari va sayt ma'muriyati muntazam nazorat qilib borishadi.

Shunday qilib, ko'pchilik uchun yordam.uz kabi savol-javob saytga nisbatan ehtiyoj va talab bor edi va shu talabni qondirish uchun bir nechta ko'ngillilar tomonidan hashar tashkillashtirildi. Va hashar natijasida ushbu manba dunyoga keldi. Mamnuniyat bilan shuni aytamizki, ushbu hasharda Texnoman.uz Jamoasi ham faol qatnashdi va ushbu sayt ishga tushishida o'z hissasini qo'shdi!

Yordam.uz haqida quyidagida batafsil o'qib olishingiz mumkin!

Loyiha haqida fikr va mulohazalaringizni izoh ko'rinishida qoldiring! Ular albatta inobatga olinadi!!!


texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

Ertugul
Ertugul
Ajoyib loyiha! Juda ko'p o'zimni qiynagan savollarga javob olganman.
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!