LAMP server oʻrnatish

.php fayllarni koʻrish uchun odatda virtual server kerak boʻladi. Windows operatsion tizimida koʻpchilik "Denver"dan foydalanishga odatlanib qolgan, chunki uning oʻzi hamma moslash jarayonini oʻzi amalga oshiradi. Linuxda ham xuddi shunday virtual server hosil qilish mumkin. U yerda "Joomla", "Drupal" va "Wordpress" kabi ochiq kodli "cms"larni ishlatib koʻrishingiz va tanishishingiz mumkin boʻladi. Buning uchun LAMP serverni oʻrnatish kerak boʻladi. LAMP qisqartma soʻz. L harfi "Linux" soʻzining bosh harfi. "A" esa "Apache" soʻzining bosh harfi. "M" esa "MySQL" maʻlumotlar bazasining birinchi harfi, "P" harfi esa "Php"ning ilk harfi hisoblanadi.
Qisqasi, LAMP serverni oʻrnatish uchun kompyuteringizda "Ubuntu" operatsion tizimi oʻrnatilgan boʻlishi va internetga ulangan boʻlishi kerak.
Birinchi navbatda MySQL`ni oʻrnatishishimiz kerak. Buning uchun terminalda quyidagi buyruqni kiritamiz:

sudo apt-get install mysql-server mysql-client 
libmysqlclient15-dev

Kerakli paketlar yuklab boʻlingandan soʻng, oʻrnatish jarayoni boshlanadi. Oʻrnatish vaqtida MySQL root maxfiy soʻzi soʻraladi. Ushbu maxfiy soʻzning OT maxfiy soʻziga aloqasi yoʻq, shuning uchun qoʻrqmasdan boshqa xohlagan maxfiy soʻzni kiritish mumkin boʻladi.
Endi joriy ma`lumotlar bazasi serverini oʻchirib, yoqish kerak boʻladi:

sudo /etc/init.d/mysql restart

Endi esa Apache`ni va uning har xil qoʻshimchalarini oʻrnatamiz:

sudo apt-get install apache2 apache2-doc apache2-mpm-prefork 
apache2-utils libexpat1 ssl-cert

Jarayonni davom ettirib, PHP tilini qoʻshimcha modullari bilan oʻrnatamiz:

sudo apt-get install libapache2-mod-php5 libapache2-mod-ruby 
php5 php5-common php5-curl php5-dev php5-gd php5-idn php-pear 
php5-imagick php5-imap php5-mcrypt php5-memcache php5-mhash 
php5-ming php5-mysql php5-pspell php5-recode php5-snmp 
php5-sqlite php5-tidy php5-xmlrpc php5-xsl

Ushbu jarayon tugagandan soʻng, Apache`ni majburan oʻchirib-yoqishga toʻgʻri keladi:

sudo /etc/init.d/apache2 force-reload

Mana endi, MySQL ma`lumotlar bazasini boshqarish oson boʻlishi uchun PhpMyAdmin veb interfeysini oʻrnatamiz:

sudo apt-get install phpmyadmin

Rasmda koʻrib turganingizdek, ushbu dastur oʻzbek tiliga oʻgirilgan va foydalanishda ancha qulay boʻladi. Ushbu serverni ishlayotganligini brauzerda ham tekshirib koʻrishingiz mumkin boʻladi. Buning uchun har qanday brauzerning manzillar satriga http://localhost/. manzilini kiritishingiz kerak boʻladi. Ushbu manzil ochilishi bilan "It works" degan yozuv paydo boʻlishi kerak. Barcha saytlar aslida /var/www jildi ichida joylashadi. Ushbu jildga kirib u yerda qanday fayllar joylashganligini koʻrib, hatto ularning tarkibini oʻzgartirishingiz mumkin. Standart holat boʻyicha siz ushbu katalogda yangi fayl yaratish, oʻchirish va tahrirlash huquqiga ega boʻlmaysiz. Ushbu muammoni hal qilish uchun terminalda quyidagi buyruqni bajarishingiz kerak boʻladi:

sudo chmod 777 /var/www

Ushbu buyruq /var/www katalogida har qanday foydalanuvchiga fayllarni tahrirlash va oʻzgartirish huquqini beradi. Shuning uchun ushbu buyruqni asosiy veb server boʻlgan kompyuterlarda amalga oshirishni tavsiya qilmaymiz. Faqatgina shaxsiy kompyuteringizda tanishish va foydalanishda tavsiya qilinadi.

Ushbu maqolani ushbu saytdan tarjima qildim, tarjima jarayonida oʻzimning fikrlarimni ham qoʻshdim. Chet tillarini bilmaydigan yoki oʻzbek tilida maqolalarni oʻqishni afzal biluvchi foydalanuvchilarga foydasi tegadi degan umiddaman. Fikrlaringiz boʻlsa, bemalol sharh qoldirishingiz mumkin.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!