Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov bilan blits-suhbat

Bu yil Ledokol Group uchun juda sermahsul bo'ldi. Biz internetda juda ko'p reklama tadbirlarini o'tkazdik, USENET internet-konferesentsiyasini qayta yo'lga qo'ydik va birinchi bor MobiCon internet-konferesentsiyasini tashkillashtirdik.

Urf-odatlar davom etgan holda, bu yil ham FMCG-kompaniyalar va uyali aloqa operatorlari faol bo'lishdi.

Bundan tashqari, bank sohasiga alohida e'tibor qaratish kerak, bu sohada reklama beruvchilar soni ancha ko'paydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ham huddi shunday vaziyat.

Reklama turlari, yo'nalishlari va muhitlar offlayndan(radio, televideniya va tashqai reklama) internetga o'tishini kuzatish mumkin.

Noyabr oyidagi ma'lumotlarga qaraganda, O'zbekistondagi internet foydalanuvchilarining 57%i mobil qurilmalar yordamida internetdan foydalanishadi. Bu katta ko'rsatgich.

Yilning yana bir eng muhim trendi - mobil foydalanuvchilar soni keskin oshmoqda.

Bu esa o'z navbatida, yaqin kelajakda reklama bozori o'z e'tibori va diqqatini mobil qurilmalardagi reklamalarga qaratishidan dalolat beradi.

Mobil qurilmalarda reklama bozori o'sishda davom etadi va u bilan birga texnologiyalar ham rivojlanib boradi. Asosiy yo'nalishlar esa qo'shimcha haqiqiylik, 360 darajali rasm va videolar, virtual haqiqiylik bo'lishi kutilmoqda.

Bu yil biz ikkita xalqaro konferesentsiyasini tashkillashtirdik va yuqori saviyada o'tqazdik - USENET internet-konferesentsiyasini va faqat mobil yo'nalishdagi mobicon konferesentsiyasi. Ularning har birini o'zini maqsadi va vazifalari bo'lib, o'z navbatida ularning har biri o'ziga xos mutaxassislar maydoniga ega.

Biz hozirdanoq keyingi yildagi rejalashtirilgan konferesentsiyasilarga tayyorgarlik ko'rishni boshlab yubordik. 2017-yilda konferesentsilarga ko'proq xalqaro mutaxassislarni jalb qilishni, konferesentsiyani yangi fotmatda o'tkazib, qatnashuvchilarni hayron qoldirishni rejalashtiryapmiz.


Manba:


WinStyle

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!