manba

Linkedinda profilingizni to'g'ri to'ldiring

Linkedinda profilingizni to'g'ri to'ldiring

Linkedinda Profilingizni To'g'ri To'ldiring

Linkedin bu Sizning onlayn rezyumeyingiz va har bir dasturchida yaxshi onlayn rezyume bo'lishi shart. Ayniqsa agar karyerangiz endi boshlangan bo'lsa, Linkedindan to'g'ri foydalanish juda muhim. Delivery Hero ham meni Linkedindan topgan va ko'chib kelishimga ko'maklashgan.

Siz ham quyidagilardan foydalanib profilingizni sifatini oshirishingiz mumkin 👇

1. Profil sarlavhasi (headline): Boshqalar birinchi ko'radigan narsa bu profilingiz sarlavhasi. Siz birinchi taassurotni qanday qoldirishingiz shu so'zlarga bog'liq. Bu yerda men hozir nima ish qilishimni yozganman: Software Engineer at Anaconda. Chunki bu shu paytgacha erishgan eng katta yutug'im. Agar siz birinchi ish qidirayotgan bo'lsangiz Looking for frontend oppotunities deb yozib qo'yishingiz mumkin. Agar bunday yozish yoqmasa, Junior Frontend Engineer desangiz ham bo'ladi ✅. Shunda profilingiz qidiruv natijalarida teparoqda chiqadi. God willing, I will be the best in the world deb yozib yurmang ❌

2. Profildagi rasm: Ikkinchi ko'zga tashlanadigan narsa bu rasmingiz. Iloji boricha professional rasm bo'lish kerak va asosan tanangizning tepa qismi, yuzingiz yaxshi ko'ringan bo'lishi kerak. Qandaydir selfie yoki Tinder profilingizdagi rasmni bu yerga qo'yib yurmang ❌

3. Profile summary: Uchinchisi bu summary. Bu yerda siz qisqa va lo'nda qilib o'zingiz haqingizda va ish qidirayotgan bo'lsangiz qanday ish izlayotganingizni yozishingiz kerak. Eng kuchli taraflaringizni, nimalarni bilishingizni shu yerda yozsangiz bo'ladi. Hullas, o'zingizni "soting". Bu maqtanish emas. Dunyodagi eng zo'r dasturchi bo'lsangiz ham hech kim buni bilmasa, nima foyda? Yaxshi summary uchun misollar: https://bit.ly/2WSM3v6 ✅ Odnoklassniki.ru da ishlatiladigan statuslaringizni bu yerda yozib yurmang ❌

4. Tajribalaringiz: Tajribalaringizni to'g'ri to'ldirishingiz birinchi (HR bilan) va ikkinchi (Rezyume discussion) intervyudan o'tishga juda katta yordam beradi. Shunga qaramasdan ko'pchilik juda ham umumiy malumotlarni yozib qo'yadi bu yerda. Undan ko'ra, o'tgan ish joylaringizda aniq nima ish qilganingiz haqida yozishingiz kerak, ko'proq raqamlar berishingiz kerak ✅. O'zimning profilimdan misollar:

- Optimized the database queries almost by 300% in a Django app

- Led a team of 5 to develop FMCSA certified product (an ELD solution)

- Decreased test running time from 4.5 minutes to 1.5 minutes.

- Wrote and owned one of the core services to launch a Grocery Delivery product in 3 months

Raqamlarga e'tibor berdingizmi? Bu raqamlarni keyin intervyuda albatta so'rashadi odatda va intervyu juda ham qiziq va ma'noli o'tadi. Chunki bu raqamlar Siz yaxshi ishlay olishingizni yaxshiroq ko'rsatadi. Wrote backend in Python yoki Used ReactJS to build an app deb yozib yurmang ❌

5. Activity. Linkedinda nima ish qilsangiz qolganlar shu qilgan ishlaringizni ko'ra oladi. Qanday postlar qo'ygansiz, qanday postlarga "Like" bosgansiz va hokazo. Linkedin bu professional social network. Professional karyerangizga tegishli bo'lgan ishlarni qiling ✅ Undan boshqa ishlarni facebook, tinder yoki telegramda qilaverasiz. Jinni ketti postlar yozib, g'alati postlarga like bosib yurmang ❌.

6. Maxsus URL: Linkedinda birinchi profil yaratganingizda, u sizga g'alati ko'rinishdagi URL beradi. Masalan: https://www.linkedin.com/in/jakhongir-rakhmonov-81ab64176/. Bu professional ko'rinishga ega emas. Shuning uchun uni o'zgartiring ✅. Meniki quyidagicha: https://www.linkedin.com/in/jahongirrahmonov/. Qanday o'zgartirishni bu yerda ko'rishingiz mumkin: https://bit.ly/3zHhebf

Berilgan URLni shundayligicha qoldirib yurmang ❌

7. Tavsiyalar: Eski ham-kasblaringizdan siz haqingizda bir ikki og'iz gap yozib qo'yishlarini so'rang ✅. Sizni tanimagan odam profilingizga kirganda tavsiyalar yaxshi taassurot qoldiradi. Bu zo'r bola deb yozib qo'yishmasin yana ❌

Qolgan qismlarini ham esdan chiqarmang. Shunda sizga All-star statusi beriladi va profilingiz qidiruv natijalarida teparoqda chiqadi.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 1

IFargoniy
IFargoniy
Rahmat Jahongir aka, ancha foydali bo'ldi
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!