Linux Mint distributivida Canon i-SENSYS LBP seriyadagi printer drayverini o'rnatish

Canon i-SENSYS LBP seriyadagi printerlar mamlakatimizda mashhur bo'lib ofislarda juda keng qo'llaniladi. Linux uchun printer drayverlari o'rnatish diskida bo'lmaydi, ularni Canon saytidan yuklab olish mumkin. Ammo drayverlar o'rnatish jarayonini avtomatlashtiradigan skriptdan foydalanish ancha osonroq. Bundan tashqari, barcha kerakli bo'lgan fayllar TAS-IX (FileCloud) dan yuklab olinadi. Skriptdagi drayver quyidagi printer modellari bilan ishlaydi: LBP-1120, LBP-1210, LBP2900, LBP3000, LBP3010/LBP3018/LBP3050, LBP3150/LBP3108/LBP3100, LBP3200, LBP3250, LBP3300, LBP3310, LBP3500, LBP5000, LBP5050 series, LBP5100, LBP5300, LBP6000/6018, LBP6020, LBP6200, LBP6300n, LBP6300dn, LBP6310dn, LBP7010C/7018C, LBP7200C series, LBP7210Cdn, LBP9100Cdn. Avvalo arxivni yuklab olib uni ochish kerak.

Keyin canon_lbp_setup.sh faylida sichqonchaning o'ng tugmasini bosamiz va Xususiyatlar (Свойства) bandini tanlaymiz. Huquqlar (Права) oynasida Ijro etish: Dastur sifatida ijro etishga ruxsat berish (Выполнение: Разрешить использовать как программу) bandini belgilaymiz.

Keyin esa canon_lbp_setup.sh faylini ikki marta bosish kerak. Faylni ochish yoki ishga tushirish variantlari bilan oyna ko'rsatiladi.

Terminalda ishga tushirish (Запустить в терминале) variantini tanlaymiz. Skript terminal oynasida ishga tushiriladi.

Keyin faqat taklif qilingan variantlardan birini tanlash va ko'rsatmalarga diqqat bilan rioya qilish lozim. O'rnatgandan so'ng printer system-config-printer dasturining ro'yxatida paydo bo'ladi.

Printer holatini kuzatish uchun captstatusui dasturi yordam beradi.


Manba:


almasov

Muallif haqida

Almasov Umidjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!