Linux Mint distributivida LAN Messenger o'rnatish

LAN Messenger katta va kichik ofislarda internetga ulanmasdan mahalliy tarmoq ichida muloqot qilish va fayllarni uzatish uchun keng qo'llaniladi. Linux Mint repozitoriylarda LAN Messenger yo'q, shuning uchun dasturni o'rnatish uchun saytdan DEB-paket yuklab olish kerak bo'ladi (Linux uchun faqat 64-bit versiya mavjud). Faylni ikki marta bosib o'rnatish jarayonini boshlaymiz.

Paketni o'rnatish (Установить пакет) tugmasini bosamiz. Qo'shimcha dasturlarni o'rnatish lozimligi haqida oyna ko'rsatiladi.

Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz. Autentifikasiya oynasi paydo bo'ladi.

Parolni kiritamiz va Autentifikasiya qilish (Аутентифицировать) tugmasini bosamiz. Paket o'rnatish jarayoni boshlanadi.

Paketni o'rnatish tugagandan so'ng Synaptic paket menejerini ishga tushirish kerak. Qidirish satrida libqt5multimedia5 kiritib, uning ustida sichqonchaning o'ng tugmasini bosib O'rnatish uchun belgilash (Отметить для установки) tugmasini bosamiz. Keyin Qo'llash (Применить) tugmasini bosamiz.

Keyingi o'zgarishlarni ko'rsatuvchi oyna paydo bo'ladi.

Qo'llash (Применить) tugmasini bosgandan so'ng libqt5multimedia5 paketi yuklab olinadi va o'rnatiladi.

O'rnatishdan sung LAN Messenger dasturidan foydalanishingiz mumkin.

Manba:


almasov

Muallif haqida

Almasov Umidjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!