Linux Mint distributivida Telegram o'rnatish
Telegram messenjeri, ehtimol, aloqa va fayllarni uzatish uchun eng mashhur dasturdir. Linux Mint distributivida Telegram-desktop paketining ikki versiyasi mavjud: odatdagi paket va Flatpak. Flatpak bu muayyan Linux distributiviga bog'liq bo'lmagan va maxsus konteynerda ishlaydigan grafik dasturlar uchun o'ziga xos paket. Oddiy paket yaxshi ishlaydi. Agar oddiy paket bilan muammolar bo'lsa, Flatpak paketini o'rnatishingiz mumkin. Flatpak paketining o'lchami juda katta, chunki u barcha kerakli fayllarni va kutubxonalarni o'z ichiga oladi. Har ikki versiya ham dastur menejeri orqali o'rnatiladi. Qidirish satrida telegram yozamiz va O'rnatish (Установить) tugmasini bosamiz.
Telegram dasturini ishga tushiramiz va foydalanamiz.
Manba:
Birinchi bo‘ling!