Linux Mint o'rnatish

Linux Mint distributivini kompyuterga DVD yoki flesh-diskdan o'rnatish mumkin. Flesh-diskdan o'rnatish tezroq va qulayroq amalga oshiriladi. Linux Mint bilan flesh-disk yaratish haqida "Rufus – yuklovchi flesh-disk yaratish vositasi" maqolasida o'qishingiz mumkin. Kompyuterni flesh-diskdan yuklash uchun BIOS-dagi yuklash uskunalarining tartibini o'zgartirish lozim, ya'ni USB-diskni birinchi o'ringa qo'yish kerak.

Flesh-diskni kompyuterga qo'yib, kompyuterni yoqish kerak. Linux Mint distributivining ish muhiti – Cinnamon yuklanadi.

Ish stolidagi Linux Mint o'rnatish (Install Linux Mint) belgisini bosish kerak. O'rnatish dasturi tilni tanlash imkoniyati bilan ishga tushiriladi.

Tilni tanlaymiz va Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz. Klaviatura tartibini tanlash oynasi paydo bo'ladi.

Klaviatura tartibini tanlaymiz va Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz. Drayverlar va qo'shimcha dasturiy ta'minot o'rnatishni tanlash oynasi paydo bo'ladi. Agar kompyuter internetga ulangan bo'lsa, ushbu imkoniyatdan albatta foydalanish kerak.

Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz va diskni bo'lishga o'tamiz.

Agar Linux Mint kompyuterdagi yagona tizim bo'lsa Diskni o'chirib Linux Mint o'rnatish (Стереть диск и установить Linux Mint) tanlaymiz. Agar Linux Mint va boshqa operasion tizimni (Windows va hokazo) birgalikda ishlatmoqchi bo'lsangiz Boshqa variant (Другой вариант) tanlaymiz. Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz va diskni bo'lish sxemasiga o'tamiz.

Bo'sh bo'limni tanlaymiz va O'zgartirish (Изменить...) tugmasini bosamiz.

Paydo bo'lgan oynada disk bo'limi o'lchamini (Размер), fayl tizimi turini (Использовать как:), ulash nuqtasini (Точка монтирования) belgilaymiz, Bo'limni formatlash (Форматировать раздел) tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Jarayonning qaytarib bo'lmasligi haqida ogohlantirish paydo bo'ladi.

Hammasini to'g'ri bajarganligingizda ishonchingiz komil bo'lsa Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz. Yana disk bo'lish sxemasi paydo bo'ladi.

Hozir o'rnatish (Установить сейчас) tugmasini bosamiz va soat mintaqasini sozlashga o'tamiz. Xaritada manzil ustiga bosganda vaqt mintaqasi avtomatik ravishda tanlanadi.

Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosib kompyuter nomini va foydalanuvchi nomini sozlashga o'tamiz. Kompyuter nomi, foydalanuvchi nomi va parolni kiritishda faqat lotin harflarini va raqamlarni ishlatish mumkin.

Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosganimizdan keyin o'rnatish jarayoni boshlanadi va taqdimot namoyish etiladi.

O'rnatish jarayoni tugagandan so'ng jonli sessiyani davom ettirish yoki kompyuterni qayta ishga tushirish imkoniyati bilan oyna ko'rsatiladi.

O'rnatish tugadi! Kompyuterni qayta ishga tushirgandan so'ng siz Cinnamon ish muhitini ko'rasiz.

Manba:


almasov

Muallif haqida

Almasov Umidjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 2

forsajuz
forsajuz
mening kompyuterim fleshkani kora olmayapti bios buyruqlar menyusidan fleshkani korish tegini topa olmayapman
almasov
almasov
Desktopmi yoki noutbukmi? Agar desktop bo'lsa matplata modelini, noutbuk bo'lsa uning modelini bilish kerak. Hech bo'lmasa BIOS ishlab chiqaruvchi kim (AMI, Phoenics va hokazo)?
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!