Linux Mint sharhi – erkinlikdan keldi nafosat

Ma'lumki, Linux operatsion tizimi distributivlar shaklida tarqatiladi. Linux distributivlarining soni aniq noma'lum, chunki har doim yangi distributivlar paydo bo'ladi va yo'q bo'lib ketadi. Doimiy ravishda rivojlanayotgan faqat ikki yuzdan ziyod distributivni ajratish mumkin. Tabiiyki, yangi foydalanuvchiga bunday ko'p distributivlar orasidan o'ziga ma'qul kelganini topish qiyin. Faqat muayyan distributivni ishlatgan kishining fikriga ishonish qoladi. Agar distributivlar bilan tajriba o'tkazishga vaqt yo'qotishni istamasangiz, unda Linux Mint bilan tanishtirishimga ruxsat eting. Distributivning shiori – "from freedom came elegance" ("erkinlikdan keldi nafosat"). Endi Linux Mint distributivining asosiy afzalliklari haqida gapirishga vaqt keldi.

Live-CD

Linux Mint distributivining asosiy afzalliklaridan biri bu jonli sessiya (live session). Ya'ni, operasion tizimni qattiq diskka o'rnatmasdan to'g'ridan-to'g'ri CD/DVD/flesh-diskdan ishga tushirish mumkin. Shunday qilib, qattiq diskdagi ma'lumotlar uchun qo'rqmasdan yangi tizim bilan tanishish, ulangan uskunalarning ishlashini tekshirish mumkin.

Menyu

Dasturlarni va fayllarni tez va qulay topish uchun menyu mantiqiy ravishda turkumlarga bo'lingan: Audio va video, Grafika, Internet, Ofis va hokazo. Bundan tashqari, menyuning o'zida qidirish imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.

/uploads/image/review01.png

Nemo

Nemo nomli fayl menejerida kataloglar va fayllar bo'yicha navigatsiya qilish uchun barcha zarur vositalar mavjud. Ikki panellik rejimiga o'tish imkoniyati bor.

Sozlamalar

Tizimni sozlash uchun keng imkoniyatlar mavjud. Deyarli hamma narsani o'zgartirish mumkin: tashqi ko'rinish, uskunalar, tarmoq va hokazo.

Mintinstall

Linux Mint distributivida har bir vazifa uchun bitta dastur mavjud va ortiqcha narsa yo'q. Tizim o'rnatilgandan so'ng ofis to'plami, internet, grafika, multimediya uchun va boshqa dasturlar mavjud. Istalgan dasturni 30000 dan ortiq paketlardan qidirish va o'rnatish qobiliyatiga ega bo'lgan qulay mintinstall dastur menejeri mavjud.

Tezkorlik

Linux Mint tez ishlaydigan va sezgir Cinnamon interfeysiga ega.

Barqarorlik va xavfsizlik

Linux Mint uzoq muddatli qo'llab-quvvatlanadigan relizlar asosida chiqadi, u zararli (virus, troyan va hokazo) dasturlarga chidamli.

Erkinlik

Linux Mint bu erkin dasturiy ta'minot (manba kodlari ochiq). Siz uni bepul yuklab olishingiz, emin-erkin nusxalashingiz, tarqatishingiz va soni cheklanmagan kompyuterlarga o'rnatishingiz mumkin.

Mashhurlik

Linux Mint juda ko'p foydalanuvchilarga ega va DistroWatch reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Bu esa distributivni sinash va qo'llab-quvvatlash nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega.


almasov

Muallif haqida

Almasov Umidjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!