Maktab va uning davomi bo‘lgan universitet konsepsiyasi

Binodagi sharoit, muhit

Muhit asosiy yo'naltiradigan, tarbiyalaydigan va shakllantiradigan vosita.

Daraxtlar ekilgan park.

Tabiiy materiallardan qurilgan bino.

Axlat chelaklar. Tozalikka katta e'tibor, saqich mumkin emas, plastik idishlar va hokazo. "Siniq derazalar nazariyasi"dan foydalanish. Hech qanday qoidabuzarlikka chidamaslik. Mayda narsa bo'yicha ham chora ko'rish. Barchani jazolash. Egalik hissini shakllantirish.

O'qituvchilar va domlalar uchun alohida xonalar. Konsentratsiya qilsin, ijod qilsin. Kafedra xonasida 5-10 odam yig'ilib o'tiradi. Jiddiy ish qilishga imkon yo'q.

Laboratoriyalar. Fizika, ximiya, elektronika, dasturlash, robototexnika, astronomiya, biologiya.

Xona gullari. Toza havo, shovqin pasaytirish, parvarish qilishga o'rgatish, madaniyatni oshirish.

Sigaret chekishga alohida joylar (maktabda ham).

Hojatxonada turkcha unitazlar. Dushlar.

Tekin ichimlik suvi. Yod.

Wi-fi yo Internet yo'q (aslida, faqat kerakli zonalarda). O'quvchi va talabalar zerikishi kerak.

Yolg'iz shug'ullanishga hamda guruh bo'lib ishlashga zonalar bo'lishi kerak.

Sodda va oddiy o'qish jarayonlarini olib borish uchun sharoit. Yolg'izlik ta'minlanishi kerak, guruh bo'lib ishlashga ham imkon bo'lsin. Turli konfiguratsiyalarda darsxonalar.

Xayolni buzadigan narsalar, shovqin, ortiqcha anjuman, seminar, tadbir, majlisvozlikdan voz kechish.

Oshxona, foydali ovqatlar.

Ibodatxona. Tahoratxona.

Avtomashina parkingi.

Velosipedlar uchun sharoit.

Doskalarni ko'paytirish. Devorga, deraza oynalariga yozish imkoni.

Minimalizm, Bauxaus konsepsiyalari.

O'quvchi yo talaba soni kichik bo'lgan sinflar 5-30 ta odam.

Video nazorat tizimi, lekin bu asosiy boshqaruv mexanizmi bo'lmasligi kerak. O'qituvchilarga ishonish. O'quvchi va talabalar orasida javobgarlik tuyg'usini shakllantirish.

Domla va o'qituvchilar

Qog'ozbozchilik bilan qiynash kerak emas.

Domla zerikishi kerak. Vaqti bemalol bo'lishi kerak, shunda ilm bilan shug'ullanadi.

Ilmiy ishlarda ko'maklashish, rahbatlantirish. Amaliyotda qo'llashga yordam berish, patentlash va hokazo.

Amaliyotchilarni taklif qilish.

Dars soatlari ko'p bo'lmasligi kerak. Domlaning o'z ustida ishlashga kuchi qolmaydi.

Sekretarlar bo'lishi kerak, assistentlar ko'maklashishi lozim yordamchi ishlarda.

Amaliyotchi lektorlarni, biznesmen va amaldorlarni taklif qilish kerak.

Universitet

Hozirgi ta'lim muassasalarga nisbatan antiuniversitet desak ham bo'ladi.

https://azon.uz/content/views/manaviy-quporuvchili....

Har kuni ertalab zaryadka.

Kitob titkilashga majburlash. Bu orqali bilim shakllanadi, hozirda hamma narsa Internetda bor bo'lsa ham, ushbu ma'lumotni izlab topish oson bo'lsa ham, sohaga tegishli bilim shakllanmaydi.

Adabiy kitob o'qishga majburlash.

Talabalar tashqi ko'rinishiga e'tibor. Uniformalarning albomini taqdim etish (ko'k jinsi mumkin emas, yigitlar kiyimi gulsiz, chiziqlar, kataklarsiz, qizlar uzun ko'ylak kiysin, uniforma emas, sochlar yig'ilgan yo hijobda).

Smartfon va planshetlar ishlatish yo olib kelish mumkin emas.

Kredit tizimi. AQSH universitetlari kabi, darslar kun davomida bo'lishi mumkin.

Kutubxona. Maktabda ham, universitetda ham kutubxonaga katta e'tibor berish kerak. Qog'ozli kitoblar bilan talabalar ishlay olishi, bunga sharoiti bo'lishi kerak. Buning uchun bemalol o'quvchi va talabalar kerak. Chalg'itadigan omillarni yo'q qilish kerak.

Ijtimoiy uquvlar: omma oldida nutq so'zlash, fikrini yozma bayon eta olish (xat va hujjat tayyorlay bilish), guruhlarda ishlay bilish, yetakchilik qilish, boshqaruv (vaqt, moliyaviy va h. k.), boshlangich huquqiy bilimlar.

Universitetdan haydash bor.

Uzoqdan turib o'qitishni yo'lga qo'yish. Internet orqali onlayn darslar. Universitet o'zining onlayn platformasi ham boshqa platformalardan foydalanish (Coursera, Udacity).

Kechki darslar. Ishlaydigan talabalarga qulay sharoitlar.

Fanlar turli tuman. Matematikaga e'tibor.

Biznes fikrlash, psixologiya, liderlik qobiliyatlarni rivojlantirish.

Savodli bo'lishga e'tibor (gramotnost).

Moliyaviy savodni oshirish.

Yuridik bilimlarni berish.

Jismoniy mashqlarni kiritish. Jamoaviy sport turlari, basseyn, velosiped, yakka kurash turlari, stol tennisi va h. k.

Universitetni kichikroq qilib ushlash.

Ma'lum foiz yaxshi o'qiydiganlarni tekinga o'qitish (grantlar), superkontraktlar.

Turli sharoitdagi insonlarga qulay bo'lish: dekret va bolali kelinlarga, oila qurmoqchi bo'lganlarga.

Xalqaro studentlar, xalqaro universitetlar bilan hamkorlik.

Turli professional assotsiatsiyalar bilan hamkorlik. ACCA...

Turli yoshdagi talabalarni qabul qilish.

Malaka oshirish kurslari, professional kurslar, magistratura.

Boshqa universitetlar bilan talaba almashish.

O'qish haftalarini joriy qilish.

Nashriyot, bosmaxona, kitob va kanstovar do'konlarini tashkil etish.

Maktab

Har kuni ertalab zaryadka.

Sport bilin shug'ullanish soatlarini ko'paytirish, jamoaviy turlar, yakka kurash.

Adabiy kitob o'qitishga o'rgatish.

O'qish metodologiyasini o'rgatish. Uchitsya kak uchitsya.

Vaqtdan unumli foydalanish, sog'lom bo'lish, kuchli bo'lish uquvlarini o'rgatish.

Kutubxona.

Mentorlik.

Tashqi ko'rinish. Qizlar laksiz, atirsiz, pardozsiz, soch yig'ilgan yo hijobda, ularga uniforma yo'q, ko'ylaklar uzun; yigitlar sochi qisqa olingan. Ko'k jinsi shim mumkin emas.

Klaviaturada matn terish ko'nikmasi ("slepaya" pechat).

Saqich chaynamaslik.

Sigaret chekishga alohida joylar.

Smartfon va planshetlar ishlatish yo olib kelish mumkin emas.

Til o'rgatish. O'sha tilda adabiy kitoblar o'qitish. Mukammal bilib chiqsin.

Maktabdan haydash bor.

Yotoqxona, internat

Klublar

Asosiy ta'lim predmetlariga parallel ravishda amaliy ko'nikmalarni hosil qilish kerak. Klublar ham maktab, ham universitetda

Yosh tadbirkor.

Fotograf va videograflar klubi.

Olimpiadalar.

Shaxmat klubi.

Tikish-bichish.

Qassobchilik.

Oshpazlik.

Avtomobil haydash.

Harbiy kafedra.

Birinchi tibbiy yordam, hamshiralik.

Bog'bonchilik. Qo'l mehnati, ish terapiyasi keng qo'llanilishi kerak. Tozalash ishlarida qatnashish. Paxta va kartoshka terimiga jalb qilish.

Dasturlash.

Kompyuterda ishlash ko'nikmalari: Corel Draw, Photoshop, video tahrir, 3D.

Robototexnika, elektronika.

Ot boqish, chavandozlik.

Turizm, poxodlar.

Til o'rganish klublari.

Diniy bilim.

Ferma.

Metodologiya

O'qitish asosan kitob o'qish va uni kichik guruhlarda muhokama qilish orqali.

Uslubimiz suhbat qurish.

Maqsad avtodedaktlarni yetishtirish. O'zi mustaqil istalgan mavzuni o'rgana olsin.

Iloji boricha jinslarni ayri o'qitish.

Ma'naviyat va tarbiya kerakli muhitni shakllantirish orqali quriladi, alohida dars o'tilmaydi.

Mehnat terapiyasidan keng foydalanish. Farroshlik, paxta terimi, bog'dorchilik, ovqat tayyorlash.

Maktab va universitet integratsiyasi yuqori bo'lish lozim. Ko'p yordamchi fanlarni va uquvlarni maktabga yuklasa bo'ladi.

Universitetni 3, hatto 2 yilda bitirib chiqish imkoni bo'lsin, masalan universitet maktabi bilan integratsiyasi natijasida.

Talaba idealda tizimga 5 sinfdan a'zo bo'lishi kerak, maktab yo o'quv kurslari, klublar, onlayn servislar yordamida.

O'zbek tiliga e'tibor. Ish yuritish, yozuvlar, adabiyotlar, ko'rsatmalar, sayt va hokazo.

Musulmonlarga e'tibor. Halol ovqat, ibodat va tahoratga imkon. Namoz vaqtlarini inobatga olish.

O'quv jarayonlari sodda, bemalol, shoshmasdan amalga oshiriladi.

O'yin-kulgu, geymefikatsiya, fiyestasiz tinch va jiddiy sharoitda qisqa muddatga mo'ljallangan o'qish olib boriladi.

O'quv dasturi asosiy emas.

Hulqi ham, bilimi ham muhim.

Filtr (boshidan kuchli yoshlarni olish), saralash (salohiyot bo'yicha ajratib turish), haydash (o'qiyolmayotganlari ketkazish).

O'ta baxtli va o'ta xavfli insonlarni yetishtirish.

Oxirida bo'ladigan bitta katta imtihondan qochish. Semestr/chorak davomida bir necha kichikroq imtihonlar orqali baho chiqarish.

Testlardan qochish, og'zaki va yozma imtihonlar tadbiq qilish. Insholarga o'tish.

Sodda imtihonlar uyushtirish, murakkab savollardan qochish, lekin korrupsiyasiz sharoitni ta'minlash.

Kazual fikrlashga o'rgatish. Referat yo boshqa qog'oz to'ldirish emas.

Guruhlarda proyektlar bajarish.

O'zimiz o'qishga rozi bo'ladigan qilib qurish.

Turli onlayn kurslardan foydalanish: Coursera, Udacity va h. k.

Jamoani turli rituallar orqali boshqarish.

O'qituvchi va domlalarga ishonish. Individual dars berish usullariga xalaqit bermaslik. Nabokov kabi "yulduz"larni jalb etish. O'quv jarayoniga xalaqit bermaslik, bo'lar-bo'lmas tadbirlarni kamaytirish, "suyeta"ni yo'q qilish.

Ota-onalar bilan uchrashuvlar (maktab va universitetda ham).

Yangi o'quvchi va talabalarga oriyentatsiya uyushtirish, tanishtirish.

"Ochiq eshiklar kun"larini uyushtirish. Kirmoqchi bo'lgan yoshlar va ota-onalari kampus bilan tanishishlari mumkin.

Vebsaytni rivojlantirish. Onlayn resurslar, boshqaruv tizimlari, kurslar.

Talaba va domlalar blog orqali rejalar va bajarilgan ishlar haqida xabardor bo'lishadi. Blog orqali fikrlashni, jamoani shakllantirish.

Rasmiyatchilik, majlisvozlikdan uzoqlashish.

-----

2018-06-18

1. Vazirlar mahkamasi qoshidagi qo'mita litsenziya berar ekan.

2. Universitetlar dasturlarini o'zlari tuzishlari mumkin bo'libdi (oldin bitta dastur respublika bo'yicha bo'lgan).


Manba:


WinStyle

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!