Masofaviy ish stoli orqali 1С:Предприятие serveriga ulanish

Linux Mint distributivida 1С:Предприятие serveriga ulanish uchun Remmina va Remmina-plugin-rdp paketlarini o'rnatish lozim. Dastur menejerini ishga tushiramiz, qidirish satrida remmina kiritamiz va O'rnatish/Установить tugmasini bosamiz.

Parol kiritish oynasi paydo bo'ladi.

Parolni kiritamiz va Autentifikasiya qilish/Аутентифицировать tugmasini bosamiz. Xuddi shu tarzda Remmina-plugin-rdp paketini o'rnatamiz. O'rnatish jarayoni tugagandan so'ng, Remmina dasturini ishga tushiramiz.

+ tugmasini bosib yangi ulanish yaratamiz.

Ulanish nomini, server IP-manzilini, foydalanuvchi nomini, parolni kiritamiz, keyin Saqlash va ulanish/Save and Connect tugmasini bosamiz. Masofaviy ish stoli seansi boshlanadi.


Manba:


almasov

Muallif haqida

Almasov Umidjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!