yangi

Mobil dasturchi bo'lish uchun nimani bilish kerak yohud flutter va react native.

Mobil dasturchi bo'lish uchun nimani bilish kerak yohud flutter va react native.

Bozorda lider boʻlishga harakat qil. Foydalanmasang ham, oldingda doimo eng soʻngi texnologiyalar tursin va nazorating ostida boʻlsin. Agar eng soʻngi versiyadagi texnologiya boʻlsa ham, hech kim foydalanmasa ham, undan foydalan. Standart ishlab chiqarishda ushbu texnologiyalardan birinchi boʻlib foydalan. Stiv Jobs

Siz mobie dasturchisi bo'lish uchun qaysi dasturlash tilini o'rganishni bilmayotgandirsiz. Meni bu maqolada mobil dasturlashda eng ommabop framework va kutubxonalar haqida bo'ladi ya'ni Flutter va React native. Bular hozirda mobil dastur tuzish uchun eng zo'rlardir. Shu yerda savol bo'lishi mumkin java, swift bularga nima bo'ldi, ularni davri o'tdimi? - deyishingiz mumkin. Ularni davri o'tmadi. Lekin, hozirda har qanday loyihani tez yaratish masalasi birinchi o'rinda turibdi.

Agar siz java va swiftni ishlatsangiz bitta kodizni faqqat bitta platformaga yoza olasiz. Bu esa 2 ta platformaga yozish uchun ancha vaqt talab qiladi(Android va IOS nazarda tutilmoqda). Bizga Flutter va React Native 1 ta kodni 2 ta platformaga ishga tushurishga imkonyat beradi. Bu men 2 ta otga 1 ta odam minganiday. Ha bunaqasi ham bo'lib turadi. Hozir bizni zamon ancha rivojlangan, lekin nimagadur O'zbekistonda eski dasturlash, eski texnologiya ishlatilinib kelinmoqda. Yangi texnologiyalarni ishlatish vaqti keldi.

Flutter va React Native haqida.

React Native - bu Facebook tomonidan 2015-yil ishlab chiqilgan.U yordamida Android va IOS platformasiga dastur yozish mumkin. Hozirda React Native tomonidan Instagram , Facebook va boshqa mobile dasturlar ishlab chiqilgan.


Flutter Flutter - bu Google tomonidan 2017-yill May oyida alfa versiyasini ishga tushirgan. Flutter Dark dasturlash tilida yozilgan. Rasman 2018- yil Flutter ishga tushirilgan. U ham React Native ga o'xshagan bitta kod 2 ta platformaga tushadi. Hozirda Flutterda React Nativega qaraganda imkonyatlari yoq chunki attiga 1 yil bo'ldi dunyo yuzini ko'rganiga. Lekin Google kompaniyasi unga katta sarmoya kirityapti. Bu bilan Facebookga urush ochdi va Raect Nativeni sindirmoqchi. Endi Flutterda qanday dasturlar qilingan degan savol bo'lishi mumkin. Alibaba kompaniyasi mobil dasturlariga Flutterni ishlatishadi.

Xullosa

Bu maqoladan keyin Flutter yoki React Native qaysi birini tanlagan maqul degan savol bo'lishi aniq? Bu savolga men agar siz C,C++ va javadan kod yozishni yaxshi ko'rsangiz unda siz albatta Flutterni tanlang, agar Sizga Javascriptda kod yozish yoqsa unda sizga React Native albatta yoqadi. Tanlov o'zingizdan, mendan faqat ma'lumot berish!!! Keyingi maqolamda ularni orasidagi farqni video shaklida chiqaraman.


Uzbek Developer B - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Uzbek Developer B Software engineer


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!