Mover.uz hamda Youtube.com saytlaridan videolarni osonlik bilan yuklash yo'llari

Mover.uz hamda Youtube.com saytlaridan videolarni osonlik bilan yuklash yo'llari

MOVER.UZ - SAYTIDAN ISTALGAN VIDEONI YUKLASH MUMKIN

O`zbekiston aholisining ko`pi Mahalliy hudud ya`ni tas-ix dan foydalanadi. Shunday ekan demak ularning ko`pi mover.uz saytidan foydalanishlari turgan gap. Ammo lekin ko`pchilik foydalanuvchilar bir savolni ta`kidlashadi. U ham bo`lsa qanday qilib videoni yuklab olsam bo`ladi? Ba`zilari esa qo`shimcha dasturlar o`rnatib videolarni yuklab olishadi. Ammo hech qanday dastursiz, oddiy telegram messenjeri orqali videolarni yuklab olishni yengillashtirishimiz mumkin. Buning yo`li juda ham oddiy. Siz messenjeringizni qidiruv bo`limi orqali @moveruz_robot ni topib, unga start berishingiz hamda oddiygina mover.uz saytidan to`liq video manzilini (https://mover.uz/watch/ev9DhYUm/) mana shunday ko`rinishda yuborasiz hamda bot sizga qanday sifatlarda (oddiyroq qilib aytganda videoning hajmi) tanlashingizni so`raydi. 240p, 360p, 480p va 780p (HD). Siz ulardan keragini bosasiz, so'ng sizga yuklab olish uchun havola chiqadi. Shu orqali videoni alohida yuklab olishingiz mumkin bo`ladi. Albatta, hech qanday dasturlarsiz ham buni iloji bor. Agarda maqolaga unchalik tushunmagan bo`lsangiz quyidagi kichik videodars orqali ko`rib olishingiz mumkin


Youtube.com - saytidan ko'pchilik videolarni qanday yuklab olishga o'ylanadi. Aslida esa bu juda ham oson jarayon hisoblanadi. Aynan hozir siz youtube'dan hech qanday qo`shimcha dasturlarsiz video yuklab olishning bir nechta usullarini ko`rishingiz mumkin. Unda boshladik. Keling mana bu videoni yuklab olishni ko`rib chiqaylik:

1. SaveFrom.net Ushbu sayt videolarni yuklab olish uchun juda ham qulay. Shunchaki saytni ochasiz, videoning havolasini joylaysiz, videoning kerakli sifatini (720p, 480p, 360p) tanlaysiz hamda DOWNLOAD qilib olasiz. Lekin ushbu sayt orqali FullHD ya`ni 1080p video yuklab olishning imkoniyati yo`q, lekin videoning ovozi yo`q holatini 1080p qilib yuklab olish imkoni bor. (U ham videoga bog`liq)

Edit

2. SaveFrom'ning qo`shimcha funksiyasi. Bu nima degan savol sizda paydo bo`lgan bo`lsa, unda o`sha savolga javob qidiramiz. Sizda videoning manzili bor. (https://www.youtube.com/watch?v=mG3KMIYeCe0) Siz browseringizga quyidagicha yozasiz: http://sfrom.net/ ko`rinishida yozasiz. Shunda sizga 1-holat'dagi oyna (https://sfrom.net/https://www.youtube.com/watch?v=mG3KMIYeCe0) ochiladi hamda yuklab olishingiz yana ham osonlashadi.

3. SSYoutube. SSYoutube' ham aslida savefrom'ga qarashli. Ya`ni ssyoutube.com sayti. Sizga ajoyib hamda tezlik bilan yuklash oynasini ochishga yordam beradi. Ya`ni sizdan talab qilinadigani havolangizdagi (https://www.youtube.com/watch?v=mG3KMIYeCe0) youtube so`zining oldiga ss qo`shib qo`yish (https://www.ssyoutube.com/watch?v=mG3KMIYeCe0) mana shunda 1-holat ochiladi.

4. Tampermonkey. Bu faqatgina Google Chrome foydalanuvchilari uchun APP desa ham bo`ladi (deyarli barcha browserlar uchun mavjud.). Buni https://chrome.google.com/webstore/detail/tampermo... Google Chrome'ning AppStore'idan o`rnatib olishingiz mumkin. Yoki maxsus sayti tampermonkey.com. Ushbu qo`shimchaning qulayligi shundaki. Qayerda bo`lsangiz ham sizga video yuklab olishingiz mumkin. Youtube bo`ladimi, Instagram yoki VKontakte. Farqi yo`q. Deyarli ko`plab saytlardan videolarni yuklab olishda qo`llasa bo`ladi.


5. Alohida dasturlar. Savefrom'ni ochganingizda sizga UmmyDownload deb nomlangan dasturni taklif qiladi. O`zim ishlatib ko`rmaganman, ammo lekin UD orqali siz FullHD videolarni hamda musiqalarni mp3 holatida yuklab olish imkoniyatiga egasiz. Bundan tashqari yana bir qancha dasturlar ham mavjud. 3D youtube downloader, 4K downloader degan. Lekin ular haqida aniq bir ma`lumotga ega emasman, hamda biror nima ayta olmayman.

Ushbu maqolada o`zim bilgan ma`lumotlarni baham ko`rdim. Menimcha xatolari yo`q deb o`ylayman. Albatta o`z fikringizni yozib qoldirishni unutmang ☺️????


Ismatov Mirshohid Rivojiddin o`g`li - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Ismatov Mirshohid Rivojiddin o`g`li My hobby mode: Random... #Mirshohid


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!