yangi

MUIC haqida

MUIC haqida

Mirzo Ulugbek Innovation Center - Mirzo Ulug'bek nomidagi Innovatsiya markazi, 2017-yil 30 iyun kuni imzolangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni asosida tashkil etilgan. Mirzo Ulug'bek Innovatsiya markazi vazifasi O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyot sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joyir etish, respublikada ilm-fan, ta'lim, shu bilan birga ishlab chiqarish sohalarida axborot texnologiyalari o'rini oshirish, axborot-kommunikatsiya sohasida faoliyat olib borayotgan ishlab chiqaruvchilar va umuman soga vakillari uchun imtiyozlar joyir etish orqali ularni rag'batlantirish, O'zbekiston axborot texnologiylari sohasini dunyoning ilg'or mamlakatlari darajasiga olib chiqishdan iborat. Shu bilan birga, respublika hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish orqali, dunyo talabiga mos keladigan eksportbop dasturiy ta'minot va innovatsion maxsulotlar ishlab chiqarib, ularni dunyoning boshqa mamlakatlariga eksport qilishdir.

Innovatsiya markazi dunyoning ko'plab mamlakatlari kabi eksterritoriallik tamoyili asosida tashkil qilingan. Bu degani, innovatsion markazga respublikaning ixtiyoriy hududida faoliyat olib borayotgan IT-kompaniyalari a'zo bo'lishlari mumkin. Bunda ularga hudud jihatdan hech qanday cheklov qo'yilmaydi.

Mirzo Ulug'bek Innovatsiya markazi 10 yil muddatda tashkil etilgan va keyinchalik bu muddatni yana uzaytirish imkoni yaratilingan.

Mirzo Ulug'bek Innovatsiya markazining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

AKT sohasi uchun kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil qilish;

Oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining «axborot texnologiyalari» mutaxassisligi bo'yicha bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashga ko'maklashish;

Innovatsiya markazi rezidentlariga ichki va tashqi bozorlarga mo'ljallangan raqobatbardosh AKT loyihalarni amalga oshirishlari uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ko'maklashish;

Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarning IT-loyiha startaplarini, axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqish sohasida istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha innovatsion loyihalarini amalga oshirishda yosh tadbirkorlarni va sohaning boshqa vakillarini ham qo'llab-quvvatlashdir.

Markaz rahbarlari:

  • Xurshid Sultonov;
  • Farhod Ibragimov;
  • Nodir Dehqonov;
  • Timur Azamatov.

Markazning hozirgi direktori - Doniyor Junaydullayev.

Mirzo Ulug'bek Innovatsiya markazi rezidentlari davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashda birinchi navbatda quyidagi imtiyoz va preferensiyalarga egalar:

Birinchidan, 2028 yilning 1 yanvarigacha bo'lgan muddatga:

barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalarni, shuningdek yagona ijtimoiy to'lovni to'lashdan;

o'rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o'z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta'minot vositalari uchun bojxona to'lovlarini to'lashdan (bojxona yig'imlaridan tashqari);

o'zi ishlab chiqaradigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan kelib tushadigan valyuta tushumining qismini majburiy sotishdan ozod etilgan.

Ikkinchidan, Innovatsiya markazi rezidentlarining xodimlari uchun qo'shimcha imtiyozlar, jumladan 2028 yilning 1 yanvarigacha olingan mehnatga haq to'lash ko'rinishidagi daromadlar jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan qayd qilingan stavka bo'yicha 7,5 foiz soliq undirilishi, fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga 4,5 foiz stavka bo'yicha sug'urta badallari to'lashlari ko'zda tutilgan. Bunda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmasligi belgilangan.

Uchinchidan, Innovatsiya markazi rezidentlariga o'zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan kelib tushgan pul mablag'lari doirasida xodimlarga ish haqini va dividendlarni xalqaro to'lov kartalariga o'tkazish yo'li bilan naqd bo'lmagan shaklda O'zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek Internet tarmog'idagi onlayn do'konlari orqali eksport shartnomasi mavjud bo'lmasdan ishlar va xizmatlar eksportini chet el valyutasida amalga oshirish huquqi berilgan.

Shuningdek, Farmon bilan Innovatsiya markazini rivojlantirishga ko'mak berish bo'yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.

2019-yil noyabr holatiga ko'ra, Innovatsion markaz rezidentlari soni 146-tani tashkil etadi.

Mirzo Ulug'bek Innovatsiya markazi veb sayti: muic.uz

Mirzo Ulug'bek Innovatsiya markaziga qanday a'zo bo'lish haqida bu yerda ma'lumot olishingiz mumkin.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!