manba

Nima uchun startaplarga biznes-reja kerak emas?

Nima uchun startaplarga biznes-reja kerak emas?

Taniqli amerikalik tadbirkorlar, ko'plab muvaffaqiyatli startaplar investor va konsultantlari Stiv Blank va Bob Dorf o'z nutqlarida biznes-reja startapning birinchi raqamli dushmani ekanligini aytib keladi.

O'n yil avval Kremniy vodiysida hamma go'yoki startap katta kompaniyaning kichik versiyasidek, biznes-reja tuzardi. The Startup Owner's Manual: The Step-By-Step Guide for Building a Great Company kitobi muallifi bo'lmish Stiv Blank barchasini o'zgartirdi. Endi hech qaysi akselerator yoki investitsiya jamg'armasi startaplardan biznes-reja so'ramaydi.

Gap shundaki, biznes-reja reallik bilan birinchi to'qnashuvga ham bardosh bera olmaydi. 100 sahifali biznes-reja biznesning klassik turlari, ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur. Biznes-reja yozayotgan paytingizda innovatsion startap uchun vaziyat 180 gradusga o'zgarib ketadi va butun biznes-rejangiz eskiradi.

Yaxshi investorlarga siz biznes-reja deb ataydigan va grafiklar bilan to'ldirilgan rasmiy qonun-qoidalar kitobi kerak emas. Yaxshi investorni o'zingizga ishontira olsangiz, uning o'zi biznes-rejani besh daqiqadayoq miyasida tuzib chiqadi.

Albatta, rejalashtirish kerak, startaplar tartibsiz yoki strategiyasiz holda ishlamaydi. Rejalashtirish bo'yicha ishlarning barchasi Business Model Canvas, startap biznes-modeli negizi doirasida olib boriladi. Bu loyihaning bir sahifali rezyumesi bo'lib, u startap uchun muhim qirralarning barchasini qamrab oladi. Startapchilar esa biznes-modelni har kuni sinovdan o'tkazadi.

Kelgusi maqolalarda bu mavzu bo'yicha yanada batafsil ma'lumot beramiz.

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!