yangi

Nimses - yangi ijtimoiy tarmoq

Nimses - yangi ijtimoiy tarmoq

Nimses nima?

Nimses - xalqaro tizim bo'lib, u insonlar yashagan vaqtlarini saqlash va ularni boshqarish imkonini beradi. Nimses'da ro'yxatdan o'tgandan so'ng, insonni yashagan har bir daqiqasi 1 nim'ga aylanadi, u yagona, hech qachon kuymaydigan raqamli yozuvdir. Ishlab topilgan va bitta inson tomonidan olingan hamma nim'lar har bir foydalanuvchi balansida, nimb'da yig'ilib boriladi. Inson o'z nimlarini boshqara oladi, bunda u bepul Nimses - geolakatsion dasturidan foydalanishi mumkin.

Vaqt - qaytarib bo'lmaydigan o'tgan zamondan hozirgi zamon orqali kelajakka oqimdir. Alohida inson va umuman insoniyat uchun qandaydir oxirgi nuqtaga boradigan muqarrar harakatdir. Boshqacha qilib aytganda, vaqt doimiy ravishda o'tib boraveradi, uni na qaytarib va na to'xtatib bo'ladi. Bundan tashqari, hayot faqat vaqt bilan uzviy bog'liqdir. Vaqt tirik materiyani hamma ko'rinishlarida bo'ladi, lekin u o'z tanasiga ega bo'lmaydi.

Nimses - kontseptsiya bo'lib, u vaqtga tana beradi, uni yig'ib borish va keyinchalik ishlatish imkonini beradi.

Texnologiya haqida.

Texnik nuqtai nazardan, Nimses - bu har bir ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchini hayotini raqamlashtiruvchi algoritmdir. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng har bir foydalanuvchi Nimses tomonidan yaratilgan hisob raqamga ega bo'ladi. So'ng foydalanuvchi tomonidan o'xlagan, hasta bo'lganda yoki sayohat qilgandagi har bir daqiqasi uchun 1 nim oladi. Har bir foydalanuvchining shaxsiy balansi nimb da saqlanadi. Bu har bir inson tomonidan yaratilgan umumiy nimlardir. Bir kunda yashagan 1440 daqiqa uchun foydalanuvchi 1440 nim oladi. Bu har bir foydalanuvchi uchun aniq oldindan belgilab qo'yilgan va uni foydalanuvchi 1 sutka yashagani uchun oladi. Bitta foydalanuvchi 1 daqiqasi uchun 2 nim ola olmaydi.

Bir insonni hisobidagi hamma nimlar uning o'ziga tegishli va na tizim, va na boshqa foydalanuvchilar tomonidan tortib olinmaydi. Bu o'z navbatida "vaqt uchun patent" hisoblanadi. Nim qabul qiluvchi undan o'z xohishiga ko'ra boshqaradi.

Nimses kontseptsiya 2017-yil fevral oyida Google Play va Apple Store do'konlarida e'lon qilingan Nimses bepul geolokatsion dasturida amalga oshirilgan.

Nimses - nim'larni huddi inson o'z vaqtini sarflaganidek ishlatish imkonini beradi. Nimses'da foydalanuvchilar boshqa foydalanuvchilardan nim'lar qabul qilib olishlari mumkin. Agar biron inson boshqa insonga 1 nim bergan bo'lsa, bu o'sha inson boshqa insonga umrining bir daqiqasini sovg'a qilganini bildiradi.

Yuklab olish:

IOS qurilmalar uchun
Android qurilmalar uchun


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!