yangi

Opendata nima? Yangi data.gov.uz'ga talablar.

Opendata nima? Yangi data.gov.uz'ga talablar.

Opendata nima?

Yaqinda bir guruh ko'ngillilar birgalikda O'zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari, boshqaruv organlariga AKT yo'nalishi bo'yicha beminnat yordam berish maqsadida hozircha telegramda "Government Open Source Projects" guruhi ochildi. Va 29-may kuni ko'ngillilar, AKTni rivojlantirish vazirligi va Uzinfocom yetakchilari birgalikda ushbu harakatni keyingi faoliyati, aynan shu guruh davlat tashkilotlariga axborot texnologiyalari bo'yicha qanday yordam bera olishlari haqida qisqacha suhbat bo'lib o'tdi. Va bunda birinchi, ham sinov, ham imkoniyatlarni baholash maqsadida "data.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali"ni yangi yanada mukammalroq versiyasini yaratish haqida kelishib olindi. Ushbu guruh va mutasaddi davlat tashkilorlari hamkorlikda ushbu portalni yangi versiyasini hamkorlikda yaratish bo'yicha keyingi harakatlar, qadamlarni aniqlab olishdi.

Shuni hisobga olgan holda, data.gov.uz - qanday portal, uning asosiy vazifalari, imkoniyatlari nimalardan iborat ekanligi haqida qisqacha ma'lumotlar to'plashga harakat qildik.

Demak, ushbu portalning "Portal haqida" sahifasida yozilishicha, hozirda davlat organlarida oddiy foydalanuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo'lgan ulkan axborotlar yig'ilgan ekan. Va davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ma'lumotlarni ochiq e'lon qilishi davlat boshqaruvining asos hisoblanar ekan. Ya'ni har bir fuqaro bu ma'lumotlar bilan tanishishi, undan foydalanishi mumkin. Bu ma'lumotlarni e'lon qilish davlat organlarining ochiqligini, ularning qanday ishlayotganini, ularning faoliyatining shaffofligini va eng muhimi jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslar uchun qo'shimcha xizmatlar tashkil etish imkonini beradi.

Bu ma'lumotlardan foydalanib, turli xil ilovalar, axborot xizmatlari yaratish mumkin bo'ladi. Bu portal O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustda qabul qilingan 232-son qarori asosida faoliyat yuritar ekan.

Wikipedianing yozishi bo'yicha ochiq ma'lumotlar(open data) - bu kontseptsiya bo'lib, u ma'lum ma'lumotlarni mashina o'qiy oladigan va ulardan keyinchalik foydalanish imkonini beradigan ko'rinishda erkin bo'lishini, va undan foydalanishda mualliflik huquqi, patentlar va boshqa boshqaruv mexanizmlarini talab qilmasligi shart ekan.

Davlatda open data.

Davlat ma'lumotlari jamiyat va bir qancha notijorat tashkilotlarni qiziqtirgan eng muhim ma'lumotlar bo'lib, ba'zi faollar bir qancha davlat ma'lumotlarini mashina o'qiy oladigan ko'rinishda e'lon qilinishiga erishishgan. Ko'plab hukumatlar "ochiq ma'lumotlar" strategiyasiga ko'ra, ushbu ma'lumotlar uchun maxsus veb-saytlar, portallar tashkil etishgan. Ular davlat boshqaruvi organlaridagi ba'zi ma'lumotlarni erkin va bepul tarqatish vazifasini bajarishadi. Bu saytlar: data.gov(AQSH ochiq ma'lumotlar portali), science.gov(AQSH ochiq ilmiy ma'lumotlar portali), data.gov.uk(Buyuk Britaniya ochiq ma'lumotlar portali), data.gov.in(Hindiston ochiq ma'lumotlar portali).

Huddi shunday portal bizda ham bo'lib 30-may 2017-yil holatiga ko'ra ushbu portalda 2681 ta jami ma'lumot, portaldan 877212 ta faylar yuklab olingan. Ushbu portalga ma'lumotlar yetkazib bergan tashkilotlar soni 125 taga teng.

Yangi data.gov.uz'ga talablar.

"data.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali" - dasturchi nuqtai nazaridan qanday ko'rinishda bo'lishi kerak?

1. Ushbu portalga yetkazib berilgan ma'lumotlar mutloq bepul bo'lishi, undan foydalanishda hech qanday cheklov bo'lmasligi(ba'zi texnik jihatlar bundan mustasno), ulardan foydalanishda hech qanday rasmiy ruxsat talab etilmasligi kerak;

2. Ushbu portalga ma'lumotlar taqdim etayotgan tashkilotlar taqdim etilgan ochiq ma'lumotlar to'g'riligi va aniqligiga 100% kafolat berishi zarur;

3. Ushbu portalda taqdim etilgan ma'lumotlar oldindan belgilab olingan strukturaga ega bo'lishi, formatlangan bo'lishi shart;

4. Ushbu portalda taqdim etilgan har bir ma'lumotlar to'plamining pasporti to'liq bo'lishi va unda ushbu to'plam haqida aniq va to'liq ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi kerak;

5. Ushbu portalda taqdim etilgan ma'lumotlar mashina o'qiy oladigan ko'rinishda(json, cvs, xml bo'lishi kerak; shu bilan birga doc, docx va pdf ko'rnishda bo'lishi maqsadga muvofiq emas) taqdim etilishi shart;

6. Ushbu portalda taqdim etilgan ma'lumotlar to'plamida har xil muhim harakatlar bajarish imkoniyati(ma'lum shart va o'zgaruvchilar bo'yicha qidiruv, ma'lumotlarni ma'lum shartlar bo'yicha bir nechta qismlarga bo'lgan holatda ko'rsatish va boshqalar) bo'lishi kerak;

7. 3,4,5,6 bo'limlarda ko'rsatilgan talablar to'g'ridan-to'g'ri ochiq ma'lumotlar portalining o'zida bajarish imkoniyati bo'lishi shart;

8. Ushbu portalda taqdim etilgan ma'lumotlar to'plamlarida umumiy yakdillik, ma'lumotlar to'plamlari o'rtasi mantiqiy bog'liqlik bo'lishi zarur(masalan, viloyatlar, shaharlar, tumanlar, vazirliklar, davlat tashkilotlari, o'lchov birliklar, umumiy atamalar alohida bo'lishi va u hamma to'plamlarda bir xil standardlashtirilgan bo'lishi).

9. Ushbu portalda taqdim etilgan ma'lumotlar to'plamlaridagi ma'lumotlar doimiy ravishda yangilanib borishi va bunda mavjud to'plam strukturasi buzilmagan holda, doimiy mas'uliyat bilan to'ldirilishi shart;

10. Ushbu portalda maxsus bo'lim etilishi va ushbu bo'lim yordamida foydalanuvchilar ma'lum davlat tashkilotlariga murojaat etishlari va o'zlariga kerakli ma'lumotlar to'plamini e'lon qilishni taklif qilishlari imkoniyati bo'lishi kerak(albatta bunda mutasaddi tashkilot vakolatlari, hamda ushbu taqdim etilishi so'ralayotgan ma'lumotlar to'plami ochiq e'lon qilishi hukumat qiziqishlari doirasida amalga oshirilishi kerak);

11. Ushbu portal xavfsizlik jihatdan maksimal mukammal va zamonaviy xavfsizlik vositalari va texnologiyalari bilan kuchli himoyalangan ta'minlanishi shart;

12. Ushbu portaldagi ochiq ma'lumotlar to'plamidagi ma'lumotlar O'zbeksiton Respublikasi qonunchiligiga muvofiq avvalo davlat tilida, so'ng talab, vaziyatga qarab boshqa tillarda joylanishi shart.

Shunisi aniqki, "Government Open Source Projects" guruhi tomonidan va shu guruhga aynan "data.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali"ni yangi versiyasini ishlab chiqishni tanlashi va guruhga ishonib berilishi bejiz emas. Balkim shu loyiha va bundan keyingi ushbu guruh tomonidan davlat tashkilotlariga ko'maklashish uchun bajariladigan loyihalar misolida yurtimizda, hukumatimizda "open source" loyihalarga nisbatan fikrlar, tushunchalar ijobiy tomonga o'zgaradi. Va bizning dasturchilar tomonidan xalqaro akt jamoalar ishlab chiqarayotgan open source loyihalar kabi yuqori darajali loyihalar ham yaratilinadi!

Ushbu guruhga qo'shiling, bilimingizni, tajribangizni oshiring va O'zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlanishida uning bir muhim qismi bo'lib, tarixda qoling!


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!