O'zbek tili imlo dasturi uchun API

O'zbek tili imlo dasturi uchun API

Butunjahon tarmoqning oʻzbek segmenti soʻngi yillarda jadal oʻsib, boyib bormoqda. Bu jarayonning eng katta qismi kontent yaratishdan iboratligi sir emas. Yangilik saytlari, blog va mikrobloglar orqali internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi maʼlumotlar hajmini kengaytirib bormoqdamiz.

Bu jarayondagi eng katta muammolardan biri yaratilayotgan kontentning imloviy sifatini taʼminlash boʻlib qolmoqda. Shu muammoni hal qilishga kamtarona hissa qoʻshish maqsadida yaratilgan savodxon.uz loyihasi kuni kecha dasturchilar uchun ommaviy API ishga tushirdi.

API bugun keng qoʻllanilayotgan REST API tizimlar qolipida ishlaydi. Unga istalgan domen yoki qurilmadan turib soʻrov yuborasiz - u yuborilgan soʻrovdagi xatolarni aniqlab, javob qaytaradi. https://savodxon.uz/api/check

APIga yuborilgan soʻrovda tekshirilmoqchi boʻlgan soʻzlar massivi JSON formatta boʻlishi lozim:

var words2check = ["imlo", "qoidalariga", "amal", "qlamiz"];
var words2check = JSON.stringify(words2check);

Server bu soʻrovga JSON formatida quyidagicha javob qaytaradi:

{
success: true,
errors: true,
words: ["qlamiz"]
};

Javobning "words" bandida yuborilgan soʻzlar orasidan xato deb topilganlari keltiriladi. Mana shu massivdan foydalanib, matnda aniqlangan xatolarni ajratib (masalan, qizilga boʻyab) koʻrsatish mumkin.

API yordamida oʻz saytida yaratilayotgan kontentni tekshirmoqchi boʻlgan dasturchilar oʻz domenlari uchun API kaliti olishlari lozim. Serverga har bir soʻrov API kaliti bilan yuborilishi kerak. Domen uchun API kalitni quyidagi sahifada olish mumkin:

https://savodxon.uz/api.html

APIga soʻrov yuborib, javob olishga misol quyidagi gitda keltirilgan:

https://github.com/juraevuz/savodxonAPI

API yordamida bugun eng koʻp qoʻllanilayotgan HTML tahrir vositalari (TinyMCE, CKEditor va boshqalar) uchun plaginlar yaratish va Joomla/Wordpress kabi CMSlarda oʻzbek tilidagi matnni imlo xatolariga tekshirish imkonini yaratish mumkin.


Juraev Javlon - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Juraev Javlon Iqtisodchi, yozuvchi, dasturchi.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 4

Bekaka
Bekaka
Shu tizimni bazasini topishni ilojisi bormi?(offline uchun)
juraevuz
juraevuz
Salom. Lug'at bazasini ulasha olmayman.
Ertugul
Ertugul
Bu tizim hozir ishlamayapti shekilli. Maqolada ko'rsatilgan manzilga kirsam, 404 demoqda...
juraevuz
juraevuz
Hozirda loyiha pulli qilingan - API xizmati o'chirilgan. Shu sabab maqoladagi linklar ishlamayapti.
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!