O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan zararsiz viruslar

Kompyuter viruslarining hozirgi kunda juda ko'p turlari mavjud. Boshida shunchaki himoya dasturi sifatida yaratilgan bu zararkunanda dasturlar boshqa dasturlarga nisbatan ancha faol, ixcham va juda tez ishga tushadi. Bundan tashqari ularning imkoniyati hozirda ulkan korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dasturlarnikidanda kengdir. Shu sabab viruslardan foydalanish hozirda juda keng tus olgan.

Hamma viruslar birdek juda xavflimi?

Aslini olganda 40 foiz virus sizning ish faoliyatingizda deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Bundan tashqari siz viruslar borligini bilmaysiz ham. Lekin sizni 60 foiz viruslar kutmoqda.

Bunday xavfsiz viruslar qatoriga qaysilarni kiritish mumkin? Quyida shu toifaga kiruvchi O'zbekistonda keng tarqalgan viruslarni ko'rib chiqamiz:

  • Papkalarni yangi oynalarda ochuvchi viruslar: bunday viruslar qaysi papkani bosmang uni yangi oynada ochadi. Bunday funksiya windowsning o'zida ham mavjud. Lekin bizni virusimiz bu funksiyani faollashtirmasdan turib ham papkalarni alohida-alohida oynalarda ochib tashlaydi.
  • Fayllarni ko'rinmas qiluvchi viruslar: hozirda juda keng tarqalgan viruslar. Bu viruslar fleshka (asosan) yoki papkadagi barcha fayllar ko'rinmas qilib ularning ko'rinadigan yorliqlarini yaratadi. Bilmagan foydalanuvchilar odatda o'sha yorliqlarni asl fayl deb o'ylashadi. Tabiiyki, yorliqlarini ko'chirib ishlatishmoqchi bo'linsa, ular ochilmaydi, "fayl topilmadi" degan xatolik beradi.

To'g'ri, bu virus ma'lumotlaringizni ko'rinmas qilib ta'bingizni xira qiladi, lekin u ma'lumotlaringizni o'chirib yubormaydi, shu sabab ham xavfli emas.

  • Trojan (Troyan oti) viruslari. Ha-ha o'sha mashhur viruslar. Bu viruslarning asl maqsadi begona shaxsga sizning kompyuteringizni masofadan turib boshqarish imkonini berishdir. Lekin masala shundaki, bu virus internet yoki lokal tarmoqsiz hech qanday ta'sirga ega emas! Ya'ni, agarda siz chekka bir internet bormagan qishloqlardan birida istiqomat qilsangiz va kompyuteringizga internet ham 3/4G modemlar ulamasangiz yoki shaharda turib ham mutlaqo internetdan foydalanmasangiz unda bu virusdan qo'rqmasangiz ham bo'ladi.
  • boshqa havaskorlar viruslari. Bunday viruslarni nomma-nom aytib bo'lmaydi, unday viruslarni havaskor dasturchilar ermak maqsadida yaratishadi va bu viruslarni Windows OTning himoya dasturlari osongina bloklaydi.

Yuqorida sanab o'tilganlar O'zbekistonda eng ko'p tarqalgan zararsiz (qisman) kompyuter viruslaridir. Shunday bo'lishiga qaramasdan bari bir antivirus o'rnatish maqsadga muvofiq va shuni bilingki hozirda mamlakatimizda haqiqiy xavfli viruslar ham keng tarqamoqda. Ularni nomini ayta olmayman (ochig'i bilmayman), lekin siz ularning funksiyalari bilan tanish bo'lishingiz mumkin:

- papka va fayllarni ko'rinmas qiladi va ularning ko'rinadigan yorliqlarini yaratadi, agarda yorliqlar o'chirib yuborilsa haqiqiy papka va fayllar ham o'chib ketadi;

- kompyuterni qotirib qo'yadi, shu darajada qotirib qo'yadiki, Windows ishga tushib ish stolidagi yorliqlar ko'rinishi uchun 2 soatga yaqin vaqt kerak bo'ladi;

- har gal kompyuter ishga tushirilganda birma bir dasturlar o'chib ketishni boshlaydi, oxir oqibat ishlaydigan biror ta ham dastur qolmaydi;

- Kaspersky antivirusini bloklab qo'yadi. Bu virus kompyuteringizga tushib qolsa siz Kaspersky antivirusini umuman ishga tushira olmay qolasiz.


Joker

Muallif haqida

Joker


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 2

SuReMan
SuReMan
Viruslar nomlarini ham yzosangiz zoʻr bo'lardi 👍
Joker
Joker
bu juda murakkab narsa, chunki ko'plab viruslar umumiy nomga ega, masalan, Trojan oldin virusning nomi bo'lgan bo'lsa, hozir viruslar guruhining nomiga aylangan, chunki huddi uning vazifasini bajaradigan lekin nomi boshqa bo'lgan millionlab viruslar bor. Ko'plab viruslar deyarli bir xil vazifalarni bajaradi va kuniga kamida 100 ta virus yaratiladi. Ularni nomlarini yozishni o'zi bo'lmaydi
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!