O‘zbekistonda yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushdi

BMT Taraqqiyot dasturi va Savdo-sanoat palatasining "O'zbekiston biznes-forumi (III bosqich)" loyihasi poytaxt oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda startap tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash dasturini yo'lga qo'ydi. Bu haqda "Infocom.uz" xabar beradi.

Startap tashabbuslarni yaqindan qo'llab-quvvatlash dasturi talabalar va yosh olimlar uchun o'z startaplarini amalga oshirish va tadbirkorlik sohasida o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun imkoniyatlar yaratadi.

Tajribaviy loyiha tariqasida boshlangan dastur Toshkentning 15 dan ortiq oliy ta'lim muassasasi bilan hamkorlikda yosh olimlar va talabalarni innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etishga jalb qiladi.

Loyiha ishtirokchilarga startap g'oyalarni amalga oshirish ko'nikmalarini egallash, yakka tartibda biznes-murabbiyning maslahatlarini olish, loyiha doirasida ko'zlangan mahsulot yoki xizmatning minimal ishchi modelini ishlab chiqish va sinash hamda istiqboldagi investorlarga o'z loyihalarini taqdim qilish imkoniyatini yaratadigan bepul uch oylik izchil dastur hisoblanadi.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!