O‘zbekistondagi trend: uy ishlarida yordam beruvchilar servisini yaratish

O‘zbekistondagi trend: uy ishlarida yordam beruvchilar servisini yaratish

May oyida StartupFactory.uz'da uy xo'jaligi bo'yicha yordamchilar qidirish xizmatini ishga tushirish yaxshi bo'lishi haqida yozgandik. Mana, uch oy ham o'tmasdan bunday saytlardan bir yo'la bir nechtasi ochildi.

O'zbekistonda shunday tendensiya bor: bitta qiziqarli loyiha paydo bo'lishi bilan, orqasidan darhol unga juda o'xshash manbalar yaratila boshlaydi. Raqobat — foydalanuvchilar uchun yaxshikuya, startap asoschilari uchun qanday?

Bir-biriga o'xshash to'rtta startapni keltirib o'tamiz:

Pomoshnik.uz. O'zini jismoniy va yuridik shaxslarga pulli asosda turli profildagi ishchi kuchini taqdim etuvchi O'zbekistondagi birinchi servis deb ataydi. Ma'lum bir kishini tanlash mumkin bo'lgan, "yordamchi"larning telefon raqamlari va ismlari ko'rsatilgan ma'lumotlar bazasi yo'q. Siz mutaxassisni emas, xizmatni tanlaysiz. Kompaniya o'z yordamchilari uchun javob beradi va ular ishining sifatini kafolatlaydi.

Tasker.uz. Sal boshqacharoq model bo'yicha ishlab, ijrochilarning to'liq ro'yxatini taqdim etadi, u yerda shaxsiy profillar, reytinglar va fikrlarni topish mumkin. Bu yerda xizmatlar ro'yxati kattaroq va siz sifatli xizmatga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz, ijrochini e'tibor bilan tanlashingiz lozim bo'ladi. Saytda ma'lumot juda kam, loyihaning o'zi bilan bog'lanish yo'llari ko'rsatilmagan va sayt mijozlarga taqdim etilgan xizmat uchun javob bermaydi. Biroq chet elda aynan shu model eng ko'p ommalashdi, u barchasi sizning obro'yingiz va mijozlarning fikrlari asosiga quriladigan o'ziga xos frilanserlar birjasiga aylandi.

Serve.uz. Ruknlarga ajratilgan o'ziga xos e'lonlar taxtasi. Olx.uz va frilanserlar birjasi oralig'idagi bir loyiha. Ushbu loyiha haqida ma'lumot juda kam.

Dast.uz. Loyiha bizning startap-akselerator final saralashida qatnashdi, biroq ekspert hakamlar kamroq ball bergani tufayli loyiha ishtirokchisiga aylanmadi. Ijrochi saytda o'z ishlari portfoliosini tuzishi, narx belgilashi kerak, shundan so'ng mijoz reyting va narxlarga qarab, mos nomzodni tanlashi mumkin.

Barcha loyihalarga omad tilaymiz! O'zbekiston bozori katta, unda hamma uchun joy topiladi!

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!