O'zbekistonlik yosh yigit Facebook'da.

Qoraqalpog'istonlik Aziz Murtazaev qanday qilib dasturchi bo'lganligi va Facebookga qanday ishga qabul qilinganligi haqida quyida o'qishingiz mumkin. Videoblogger Kuan7777 ga suhbat uchun katta rahmat!


"Men Nukus shahrida tug'ilib, o'sganman. Shu yerda maktabda o'qiganman. Yoshligimdan matematikaga qiziqganman. Maktabda har xil fan olimpiadalarida qatnashganman. Bundan tashqari, ingiliz tilini ham o'rganar edim. Keyinchalik kelajakda kim bo'lishim haqidagi savol paydo bo'lganda, O'zbekiston Milliy Universitetining Iqtisod fakultetiga o'qishga kirdim. Boshida menga hammasi qiziq tuyilar edi. Lekin keyinchalik tushundim, gumanitar fanlar men uchun emas ekan. 3-kursda o'qib yurganimda bir kursdoshim talabalar uchun dasturlash bo'yicha bepul kurslar ochilganligini aytib qoldi. Biz tanlovdan o'tib, dasturlash bo'yicha kursda o'qishni boshladik. Bir nechta darslardan so'ng, dasturlash meni boshqa narsalardanda ko'ra ko'proq qiziqtirishini tushundim. Kursdagi 3 oylik o'qishdan so'ng, biz o'zimizni birinchi loyihamizni tayyorladik. Loyihalar natijalariga ko'ra, Toshkent kompaniyalari talabalarni stajirovkaga olishar edi. Shunday qilib men, shunday kompaniyalarning biriga ishga qabul qilindim va u yerda 6 oy ishladim. Men u yerda o'zim uchun bebaho malaka oldim. 6 oydan so'ng men o'qishni bitirayotgan edim. Endi kelajakda men kim bo'lishimni bilardim. Men aniq bilardim, men Dasturchi bo'laman. Va AT kompaniyalardan birida ishlaayman!

"Men Toshkentdagi amerika kompaniyasiga ishga kirdim. U yerda amaliyot bo'yicha juda ko'p va kerakli bilimlar oldim. U yerda 2 yil ishlaganimdan so'ng, menga kompyuter fanlari bo'yicha nazariy bilimlar yetishmayotganligini sezdim. Va kompyuter fanlari bo'yicha magistraturaga hujjatlar topshirishga qaror qildim. Har xil davlatlarda joylashgan universitetlarga hujjatlar yubordim. Natijada, Janubiy Koreyadagi Ajou universitetiga o'qishga qabul qilindim. Janubiy Koreyada umuman 5.5 yil bo'ldim. Universitetda kompyuter fanlari bo'yicha olgan bilimlarim, men uchun juda muhim edi, chunki dasturlash jarayonida men taxminan jarayonlar, hodisalar qanday kechishini tushunar edim, lekin menda fundamental bilimlar yo'q edi. Universitetda 2 yil ta'lim olganimdan so'ng, tanlov asosida Samsung Electronics'ga ishga qabul qilindim. Biz Samsungning flagman Samsung Galaxy S3I, Galaxy S6 smartfonlari uchun foydalanuvchi interfeysini yaratar edik. Samsung Electronics kompaniyasida 3.5 yil ishladim. Bu vaqtga kelib, menga yana bilimlar kerakligini tushundim."

"Bir kuni men bilan Facebook xodimlari bog'lanib, o'z kuchimni Facebook'da sinab ko'rishni taklif qilishdi. Bilasizki, Facebook dasturchilar uchun birinchi raqamli kompaniya hisoblanadi. Albatta, bu taklif meni juda qiziqtirib qo'ydi. Bizda 3 ta har xil suhbat bo'ldi. Birinchi ikkitasi skayp orqali. Har bir 60 daqida davom etdi. Birinchi 15 daqiqa mendan asosiy tushunchalar haqida so'rashdi, nima bilan shug'ullanganman, qanday malaka olganman. Qolgan vaqt menga algoritmlar bo'yicha masalalar berishar edi. Birinchi suhbatdan a'lo darajada o'tdim. Ikkinchisi kutganimdek tekis o'tmadi. Meni suhbatdan o'tganimga ishonchim komil emas edi. Ular birinchi suhbatdagi natijalarimni, mening shaxsiy malakamni, Android tizimi bilan qanchalik qiziqishimni hisobga olishganini aytishdi. Shunda men, bir dastur yaratdim va uni Google Play'ga joyladim. Ular dasturimni ko'rishdi va ularga dasturim ma'qul keldi. Ular meni Kaliforniyadagi Facebook'ning bosh ofisiga taklif qilishga qaror qilishdi. Ular mening tashrifim uchun ketadigan barcha (transport, mehmonxona, yashash uchun) harajatlarni o'zlari ko'tarishdi. Bosh ofisda menda birvarakay ketma-ket Facebook'ning bosh mutaxassislari bilan 4 ta suhbat bo'ldi. Hamma suhbatlarning natijalariga ko'ra, bir kuni, menga ular meni ishga qabul qilishganligi haqidagi quvonchli yangilikni aytishdi."

"Facebook'dan tashqari, men bir vaqtning o'zida Amazon kompaniyasiga ham ishga qabul qilingan edim. Lekin meni Faceboo'kda ishlash ko'proq qiziqtirar edi. Bir yil oldin, men Facebookning Londondagi ofisida ishlashni boshladim. Bu yerda 800 taga yaqin odam ishlaydi. Ishlash sharoiti a'lo darajada. Ishchilarning mahsuldorligini oshirish uchun ofisda hamma joyda ovqat, ichimliklar, choy, kofe mavjud, va ular mutlaqo bepul. 3 mahal bepul ovqatlanish mumkin, erkin ishlash vaqti esa juda qulaydir. Biz odatiy ofislardagi kabi 9 dan 6 gacha ishlamaymiz. Xohlagan vaqt ishga kelish mumkin. Xattoki uyda turib ham ishlash mumkin. Chorshanba kunlari Facebookda dam olish kuni hisoblanadi, bu kun biz o'z ishlarimiz bilan shug'ullanishimiz yoki kompaniyada ishlashimiz mumkin. Ofisda biz uchun o'yin zallari, dam olish xonalari mavjud. Ya'ni, Facebook odamlar mahsuldor bo'lishlari uchun, ishchilar boshqa muommolar haqida bosh qotirmasliklar, ko'chaga chiqib ovqat yeyish yoki "o'ynab kelish" kabilar haqida o'ylamasliklari uchun hamma shartoitlar yaratishga harakat qiladi."

"Endi, -Facebook'ga ishga kirish osonmi? - degan savolga javob bersam: eng muhimi mukammal bo'lishga intilish kerak. 2 yil avval men bu yerda ishlash haqida xatto tassavur ham qila olmas edim. Lekin men buni uddaladim. 6 yil oldin, men Janubiy Koreyada o'qishim haqida, Samsung'da ishlashim haqida o'ylab ham ko'rmagan edim. 8 yil oldin men dasturchi bo'laman deb o'ylamagandim ham, men iqtisodchi bo'lmoqchi edim. Lekin hammasi o'zgardi, asosiysi, o'zlikni izlash, yangi bilimlar izlash kerak. Men Nukuslik oddiy yigitman, hammasini uddaladim. Siz ham uddalaysiz eng muhimi o'zizga ishoning va o'z ustizda tinmasdan izlaning, ishlang!!!"

"Bir narsani ta'kidlab o'tmoqchiman, meni dasturchi bo'lishimga katta sabablardan biri, talabalik paytimda, Yosh Dasturchilarni tayyorlash va qo'llab-quvvatlash markazidagi olgan bilimlarim bo'ldi. Va buning uchun markazni tashkil qilganlarga va ustozlarimga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Va albatta meni bu darajaga yetishim uchun judda katta mehnat qilgan va tarbiyalagan ota-onamga ham rahmatlar aytmoqchiman. Men qayerda bo'lmay, aslida qayerdan ekanligimni hech qachon unutmayman!"


WinStyle

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 6

JONNY
JONNY
Yashavor! Bizdan ham chiqadi buyuk dasturchilar!!! Faqat intilish, harakat qilish kerak!!!
generalboss
generalboss
Menga ayqnisa "Men qayerda bo'lmay, aslida qayerdan ekanligimni hech qachon unutmayman!" yoqdi!!! Qoyil!!!
generalboss
generalboss
Yaqindan tanidiganlar bormi?
Said
Said
Ular nechanchi yili tug'ilganlar?
Javohirn
Javohirn
qoyil
Alahmadovich
Alahmadovich
Bo'larakanu
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!