PHP ga kirish 3-qism

PHP ga kirish 3-qism

Array(to'plam)larni bir-biriga yelimlangan qutilar deb tasavvur qilish mumkin. Masalan, biz besh kishidan iborat o'yinchilar nomlarini $jamoa deb atalgan to'plamga joylaymiz. Buning uchun ularning nomlarini alohida-alohida yozib, o'z qutisiga joylash kerak:

 $jamoa = array( 'Eldor' , 'Odil' , 'Sanjar' , 'Farhod' );

Arraylarni hosil qiluvchi kod - array(); Undagi stringlar tutuq belgisi bilan qoplangan. To'rtinchi raqamda kim o'ynashini bilish uchun:

 echo $jamoa[3]; // Farhod ismini namoyish qiladi

To'plamda sanash 0(nol)dan boshlanadi. Shu tufayli yuqoridagi kodda 0 raqamida Eldor ismi joylashgan. To'plamlar bilan juda ko'p ishlarni amalga oshirish mumkin. Arraylar bir, ikki yoki undan ko'p o'lchamli bo'lishi mumkin. Ikki o'lchamli arraylarga misol keltirish uchun 3x3 bo'lmalardan iborat "x va 0"(iks va nol) yo'laklarini yasab ko'ramiz. Uni yasash uchun 9 ta quti 3 qator va 3 ustun qilib ustma-ust hamda yonma-yon joylashtiriladi. Har bir yurishdan keyin qog'ozga "x" yoki "0" deb yozib kerakli qutilarga joylang. Buning uchun:

<?php

$oxo = array(array( 'x' , ' ' , '0' ) ,

array( '0' , '0' , 'x' ) ,

array( 'x' , '0' , ' ' ));

?>

Ancha murakkab nuqtalarga ham keldik:

 echo $oxo[1] [2];

Bu kodda [1] ikkinchi to'plamni va [2] esa to'plamdagi 'x' ni bildirib, yuqoridagi kod x ni ekranga chiqaradi. To'plamlarni shu uslubda xohlagancha kengaytirishingiz mumkin.

PHP da variablelar yaratishning 4 qoidasi mavjud:

1. Variable ismlarini alifbodagi biror harf yoki "_" dan boshlanishi kerak.

2. Variable ismlari a-z, A-Z, 0-9 dan iborat bo'lishi kerak.

3. Variable ismlarini yozishda bo'sh joy qoldirilmaydi. Agar ular bir so'zdan ortiq bo'lsa, so'zlar "_"(tagchiziq) bilan ajratiladi: $foydalanuvchi_ismi.

4. Variable nomlari holatga nisbatan juda sezuvchan. $Yuqori_Natija variablesi $yuqori_natija bilan bir xil emas.

Operatorlar matematik, string, taqqoslash va mantiqiy buyruqlar: qo'shish, ayirish, ko'paytiruv va bo'lishdan biri bo'lishi mumkin. Quyidagi kod natijasi 8 soni:

echo 6 + 2;

+ qo'shish;

- ayirish;

/ bo'lish;

* ko'paytirish;

% foizlar;

++ bittaga ortish;

- - bittaga kamayish;

php echo dasturlash array qoshish 27-Sentabr 18:25 322

Ne'matov Mansurbek Ismoil o'g'li - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Ne'matov Mansurbek Ismoil o'g'li


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!