PHP ga kirish 1-qism

PHP dasturlash tili veb-saytlar yaratish juda keng miqyosda ishlatiladi. Lekin faqatgina PHP da butun saytni dasturlash imkonsiz. Sayt yaratishda HTML va JavaScript dasturlash tillarining ham alohida o'rni bor. Ular saytning turli vazifalarini o'z ichiga oladi. Agar veb-saytni odam tanasiga o'xshatsak, HTML bu o'rinda suyaklar, PHP esa mushaklar vazifasini o'taydi. Bu tillarda yozilgan kodlar ba'zi ma'lumotlarning uzatilishi va almashinishi jarayonida ma'lumotlar bazasi(MySQL) ga tayanadi. Uni esa energiyaga qiyoslash mumkin. Har qanday harakat suyaklar, mushaklar va energiya natijasida yuzaga keladi.

PHP kodida yozilagan kichik yoki butun bir dastur saqlanayotgan fayl nomidan so'ng ".php" deb yozib keyin saqlash tugmasini bosish lozim. Bunda veb-server xuddi shunday yakunlangan faylga duch kelsa, PHP protsessorga o'tadi. Ba'zi dasturchilar o'z fayllarini ".htm" yoki ".html" deb yakunlaydilar. Bu PHP dan foydalanmaganliklarini ko'rsatish uchun ishlatiladi. Siz "index.php" nomli faylni "index.html" ko'rinishiga ham o'zgartirishingiz mumkin. Bunda dasturga hech qanday salbiy ta'sir bo'lmaydi. PHP kodi <?php bilan boshlanadi va dasturning qolgan qismi uning davomidan yoziladi hamda kod yozib bo'lingach uni yakunlash uchun ?> yoziladi.

Ko'pgina tillarda bo'lgani kabi ilk PHP dasturi quyidagicha:

<?php
  echo "Salom dunyo";
?>

Kodning boshlanishi va oxirida yoziladigan teglardan foydalanish ancha moslashuvchan. Uning tarkibida HTML kodlarni ham bemalol kiritish mumkin. Boshqa dasturchilar butun kodni HTML da yozib dinamik kodlar yozilishi kerak bo'lgan o'rinlardagina ochuvchi va yopuvchi teglarni ishga tushirib, PHP kodni kiritishadi. Bu uslubni ko'pchilik yangi dasturchilar ishlatib bunda tezlik bir qancha miqdorda oshishini ta'kidlaydi. Biroq anchadan beri shu soha odamlari bo'lgan kishilar bunday PHP o'tkazib chiqaraverish juda kam foyda berishini da'vo qiladi.

Shuningdek, PHP da <?php ?> ko'rinishidan tashqari quyidagi uslubda ham kod yozish mumkin:

<?
  echo "Salom dunyo";
?>

Bundan foydalanish oldingisiga qaraganda aniq emas. Uni ishlatish XML bilan mutanosib emas.

Biror faylda faqat PHP koddan foydalangan bo'lsangiz yakunlovchi ?> tegini yozish shart emas. Bu PHP kod yozishda va uni saqlashda ortiqcha joy ajratmaslik uchun juda yaxshi amaliyot bo'ladi.

PHP da izohlar yozishning ikki usuli mavjud.

1. Ikki slesh (//) orqali undan keyingi qaror to'la izoh bo'ladi va bu faqat shu qatorgagina ta'sir etadi:

// Bu izoh qatori

Bu izoh yozishning ajoyib turi bo'lib, xatoliklar berayotgan qatorni vaqtincha saqlab turish imkonini beradi:

// echo "X stringi $x ga teng";

Shuningdek, izohning bu turini biror kod qatori qanday ishlashini tushuntirish uchun ham kiritishingiz mumkin:

$x += 10; // $x 10ga inkrement

Agar sizga bir necha qatorli izoh keral bo'lsa quyidagi koddan foydalanasiz:

<?php

/* Bu bir necha

qatorli izoh

yozish uchun */

?>

Butun boshli kodli faylni vaqtincha /* */ orasiga joylab qo'yish mumkin.

php echo izoh object 20-Sentabr 17:45 202

MMG

Muallif haqida

Ne'matov Mansurbek Ismoil o'g'li


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!