PHP-developer. PHPda birinchi dastur #3

PHP-developer. PHPda birinchi dastur #3

Salom dasturchilar yoki bo'lajak dasturchilar. Mana bu maqolada esa endi PHPda birinchi dasturimizni yasaymiz. Qanaqa dastur bo'ladi? Oddiy dastur emas, chiroyli dizaynga ega bo'lgan dastur yasaymiz. Keyinchalik shu dizaynda PHPdagi dasturlarimizni natijalarini chiroyli ko'rinishda ko'rib boramiz.

Oldingi maqolada oddiy "SalomDunyo" yozuvuni ekranga chiqargan edik endi esa man avvalda bitta dizayn tuzib qo'ydim shu dizayda ishlaymiz. Uni yuklab oling va saytingiz papkasiga yani php5.uz ga arxivdan chiqarib tashlab qo'ying. yuklab olish

php5.uz papkasiga arxivni chiqarib bo'lganingizdan keyin u yerda 3ta narsa

  • class
  • style
  • index.php

class papkasida keyinchalik yozadigan funksiyalar, klasslarimiz bo'ladi, style papkasida esa saytning dizayni, index.php da esa saytning bosh sahifasiga chiqarish bilan shug'ullanadi.

Davom etamiz. Ana endi kod yozish uchun Sublime Text dasturidan foydalanamiz. U dasturni ko'chirib olishni keragi yo'q u avvaldan Open Serverda mavjud.

Avval Open Serverni ishga tusharamiz va saytga kiramiz. Sayt quyidagicha ko'rinishga ega bo'lib turibdi.

Ko'rib turganingizdek, "SalomDunyo" so'zi oldigi maqoladagidek oddiy ko'rinishda emas dizayn bilan birgalikda chiqmoqda.

Endi Sublime Text dasturi orqali PHPda dastur tuzishni boshlaymiz. Dastur qanaqa bo'lsin? Boshlanishiga ism kiritib, o'sha kiritilgan ism bilan salomlashsin. Demak shunday dastur tuzishni boshlaymiz.

Open Serverdan Офис bo'limiga kirib Редактор кодаga kiramiz. Sublime Text dasturi ishga tushadi, keyin esa Проект bo'limiga kirib Добавить папку к проект... ga kirib saytimiz joylash php5.uz papkasini tanlaymiz.

Shunda dasturning chap tarafiga papkadagi fayllar ko'rinadi.

Sublime Text ish uchun tayyor endi esa kod yozishni boshlaymiz.


shunday kod yozamiz. Nega kodni matn ko'rinishida yozmasdan, rasm qilib joyladim. Chunki matn ko'rinishida joylasam uni kodning o'zingiz yozmasda ko'chirib olardingiz. Kodni o'zingiz o'zishingiz kerakligi uchun rasm ko'rinishida joyladim. Rasmdagi kodni yozing.

Keyin CTRL+S bosib saqlaymiz va saytga kiramiz.

ismga Farrux deb yozib jo'natishni bosamiz va


tayyor.


Mamatxalilov Farrux - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Mamatxalilov Farrux dasturchi


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!