yangi

Plus Messenger haqida

Plus Messenger haqida

Plus Messenger dasturi haqida

Plus Messenger - Telegram messenjerining norasmiy mijoz dasturi bo'lib, u Telegramdan foydalanishda qo'shimcha imkoniyatlari beradi. Bu dasturni ilgari WhatsApp Plus dasturini ishlab chiqgan dasturchilar jamoasi tomonidan yaratilingan. Hozirda WhatsApp Plus dasturi o'chirib tashlangan. Telegram Plus dasturida rasmiy Telegram dasturida mavjud bo'lmagan bir qancha qo'shimcha imkoniyatlar qo'shilgan. Ularni Telegram Plus dasturini yuklab olib o'zingiz ko'rishingiz mumkin.

Telegram Plus Messenjer dasturini yuklan olish.

Telegram Plus dasturini yuklab olish uchun Google Play (Play market)ga kirib, qidiruv qatoriga Plus Messenger deb yozish kerak, qidiruv natijasida chiqgan dasturni telefonga o'rnatib olish kerak.

Telegram Plus Messenjer dasturida qanday qo'shimcha imkoniyatlar mavjud?

Telegram Plus Messenjer dasturida dastur rangini o'zgartirish, uning mavzusini yangilash, musiqani kontaktdagilar bilan bo'lishish, guruh chatlarida telefon raqamni yashirish, bildirishlarni ko'rsatmaslik, yashirin chatlarni rasmga olish kabi imkoniyatlar mavjud. Qolgan imkoniyatlar huddi telegramning rasmiy dasturidagi kabilardir.

Telegram Plus Messenjer dasturini buzish

Telegram Plus Messenjer dasturini huddi Telegramning rasmiy dasturi kabi xavfsizlik jihatdan ancha mukammal qilingan bo'lib, uni buzishning, boshqa telegram akkauntlarni kuzatishning, boshqalar yozuvchilarini o'qishning imkoni yo'q, huddi Telegramni buzishning imkoni bo'lmagani kabi.

Telegram Plus O'zbek tilida mavjudmi?

Telegram Plus Messenjer dasturi 43 dan ortiq tillarga tarjima qilingan bo'lib, ular orasida O'zbek tili ham mavjud, Siz bemalol Telegram Plus dasturini telefoningizga o'rnatib, uni O'zbek tilida ishlatishingiz mumkin.

Plus Messenjer dasturini yuklab oling va o'zingiz baho bering!


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!