Pokemon GO foydalanuvchilari uchun Pokebolsimon tok manbai

Yozning qaynoq kunlaridagi eng qaynoq o'yin bo'lmish Pokemon GO foydalanuvchilari uchun yangilik! Endi pokemonlarni izlash vaqtida sodir bo'ladigan eng ayanchli hodisa bo'lmish smartfoningiz quvvati tugab qolishi sizni havotirga solmaydi. Yaqindagina Etsy savdo maydonida paydo bo'lgan pokebolsimon tok manbai smartfoningizni istalgan joyda quvvatlash imkoniyatini beradi.


Tok manbaining pokebolga o'xshashligi sizning Pokemon GO o'yinining ashaddiy muxlisi ekanligingizni ko'rsatib turadi. Tok manbaining quvvati esa 5300 мАч bo'lib, microUSB orqali quvvatlantiradi. Bu orqali foydalanuvchilar smartfonini 2 yoki 3 marta quvvatlantirib olishlari mumkin.


Bir qancha qulayliklar taqdim etishi uchun ushbu "Pokebol" larga maxsus ilgichlar o'rnatilgan va ularni qayishingiz yoki ryukzakingizga ilib olib, sayohatga chiqishingiz mumkin.


Bunday tok manbai pokemon ishqibozlariga $40 evaziga yetkazib berilmoqda.


pLaTiNuM

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 2

JONNY
JONNY
judayam noqulay ekan. Qo'lda ushlab yurish uchun.
WebStyle
WebStyle
Sotvoldizmi diyman?)
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!