PokéVision - Shahringizda joylashgan pokemonlarni topishni eng qulay usuli!

PokéVision - Shahringizda joylashgan pokemonlarni topishni eng qulay usuli!

Dasturchi Ahmad Almutave Pokémon GO o'yinidagi yangi pokemonlarni generatsiya qilish algoritmini shifrlash uslubini topishi natijasida PokéVision sayti tuzilishiga sabab bo'ldi. Pokemonlarni tutish hech qachon bunday oson va qulay bo'lmagan!.


PokéVision — pokemonlar joylashgan joylarni aniqlab beruvchi maxsus sayt hisoblanib, Poke Radar saytidan farqli o'laroq pokemonlar turgan joyni foydalanuvchilar tomonidan emas to'g'ridan-to'gri Niantic kompaniyasi serveridan aniqlab beradi. Buning oqibatida pokemonlar turgan joylashuvni ishonch bilan topib borishingiz mumkin bo'ladi.

Saytdan foydalanish juda ham oddiy.

  1. Xaritadan sizni qiziqtirayotgan joyni topasiz.
  2. Xaritada pokemonlar joylashgan nuqtani ko'rish uchun o'zingizga qulay masshtabni tanlaysiz.
  3. Xaritaning markazida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta chertasiz va u yerda qizil belgi paydo bo'ladi.
  4. Xaritani quyi qismida joylashgan Find Pokemon Near Marker nomli katta tugmachani bosing.
  5. Xaritada maxluqning qayerda joylashgani va uning atroifa yana qancha vaqt shu yerdan turishini biliruvchi hisob ko'rsatiladi.
  6. Istagan maxluqning yoniga bir zumda yetib boring.

Eslatib o'tamiz PokéVision sayti hozirda juda foydalanuvchilar ko'pligi tufayli juda katta bosim ostida ishlamoqda. Pokemonlarni izlab topishda ba'zi muammolarga duch kelishingiz mumkin.


pLaTiNuM - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!