​Endi poyga kameralar soni uchun

Hozirgi zamon telefonlari yoki smartfonlari shu qadar bir biridan ko'chirishni boshlashdiki, ulardagi o'xshash, gohida esa bir xil bo'lgan funksiya yoki elementlar foydalanuvchilarni qiziqtirishdan to'xtatdi. Ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchilarga mavjud narsalarni kattalashtirish va/yoki kuchaytirish hisobiga ularni qancha qiziqtirish urinishmadi deysiz, Apple iPhone 4 ga to'rtburchak shakl Samsung esa Galaxylarga ovalsimon shakl berganidan boshlab smartfonlar bozori ham shakl ham funksiya jihatidan bir xillashib bordi. Ayniqsa, bugunga kelib hamma smartfonlar to'rtburchak shaklga kelib qolgani bunga yaqqol misoldir. Quyida bunday vaziyat haqida o'z mulohazamni bildiraman.

Esingizda bo'lsa bundan 2 yilcha oldin Samsung kompaniyasi ekran ramkadan tashqariga chiqqan Galaxy S7 edge smartfonini taqdim etgan edi. Bu smartfon o'sha paytning o'zida yaxshigina shov shuv bo'lgan edi. Chunki hali hech bir kompaniya smarfonlar ekranini chegaradan chiqadigan qilib og'ishgan holatda ishlab chiqarmagan edi.

2017-yilda esa Apple korporatsiyasi iPhone X ni taqdim etdi. Samsungdan o'zib ketish uchun Apple iPhone X displeyini deyarli ramkasiz qilib ishlab chiqdi. Qo'shimchasiga logotipini olib tashlash hisobiga displey o'lchamini oshirilishi boshqa kompaniyalarga yoqib qoldi shekilli hamma kompaniyalar shunday qilishni boshladi.

Hatto ayrim ishlab chiqaruvchilar displey kengligi bo'yicha iPhone ni ham ortda qoldirishdi.

Shu yilning boshida internetda Nokianing 5 ta orqa kamerali smartfonining rasmi tarqashi bilan kameralar poygasi boshlandi. Yaqinda Samsung kompaniyasi ham 6 ta kamerali Galaxy S10 smartfonini taqdim etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. To'g'ri, ungacha 3 - 4 ta kamerali smartfonlar bor edi, lekin 5-6 ta?!

Shunda bir savol tug'iladi: Shu kerakmi ?!

Birinchi marta Huawei kompaniyasi 2 ta orqa kamerali smartfonini taqdim etganida shunday izoh bergan edi – "ikkinchi kamera tunda tasvirga olish uchun mo'ljallangan". Ha, tunda fonusni ( вспишка ) yoqmasdan yaxshi tasvirga oladigan kamera bo'lgani yaxshi lekin yana 3 ta kamera nega kerak?!

Keyingi yilga Xiaomi, Huawei hatto iPhone ham endi 5 ta va undan ko'p kamerali smartfonlarni ishlab chiqishni boshlashadi. Tabiiyki, smartfonlarning narxi sezilarli ortadi. Bu esa iste'molchilar orasida haddan tashqari katta tabaqalashish paydo bo'lishiga olib keladi. 3-4 yilda 10 ta kamerali smartfon chiqsa ham ajablanmasa bo'ladi endi.

Bunday "ixtirolar" ning sababi ne? Bunday ishlardan asl ma'no shundan iboratki, iste'molchilar yildan yilga yangi qurilmalarga qiziqishi so'nmoqda. Kompaniyalarning anchadan beri qilayotgan ishlari yangi smartfonlarining o'lchamini avvalgisidan salga kattaroq, kamerasini salga kuchliroq, ishlashini esa salga tezroq qilishmoqda xolos.

O'ylab qaralsa, hech qanday yangilik qilinmayapti. Mavjud narsalar faqat kuchaytirilmoqda, xolos. Hamma kompaniyalar bir biridan andaza olishi borgan bozorlarni deyarli bir xil mahsulotlarga to'ldirmoqda.

Keyingi 5 yil biz besh - o'nlab kameralarga ega bo'lgan smartfonlarga ko'milamiz.

Sizdan faqat shu narsani so'rashimiz mumkin - iltimos hayratlanmang! Sizning hayratingiz, ijtimoiy tarmoqlardagi smartfon uchun hayrat bilan tushgan rasmlaringiz ishlab chiqaruvchilarni kameralar sonini ko'paytirishga undashi mumkin. Undan ko'ra yangi turdagi smartfonlarni yaratganlari yaxshi edi.

("Gift" - "Sovg'a" filmidagi telefon)

Sizningcha kameralar soni ko'p bo'lgani yaxshimi yoki 4 ta kamerani o'zi yetib ortadimi? O'z fikringizni qoldiring!


Joker

Muallif haqida

Joker


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!