Prisma fototahrirlovchi dasturi ijtimoy tarmoqqa aylantirildi

Prisma fototahrirlovchi dasturi mobil dasturlar ichida joriy yilning eng mashxur dasturlari qatoridan o'rin olgan bo'lib, hozirda uning Google Play va App Store da bir nechta nusxalari ham paydo bo'lishga ulgurgan. Ushbu dastur rasmlarni neyron tarmoqlari texnologiyalari yordamida ajoyib ko'rinishga olib keladi. Dastur dunyo yuzini ko'rganidan buyon ishlab chiqaruvchilar unga juda ko'p marotaba yangilik kiritdilar va so'nggi yangilanishda fototahrirlovchidan ijtimoiy tarmoqqa aylanish hodisasi ro'y bergani munosabati bilan bular orasidagi eng ulkani hisoblanmoqda.

Avvallari Prisma yordamida foydalanuvchilar o'z rasmlarini maxsus effektlar orqali bezashi mumkin edi, hozirda esa dasturda alohida bo'lim ochilgan bo'lib, unda boshqa foydalanuvchilarning ham rasmlarini ko'rish imkoniyati mavjud. Sizning maxsus effekt berilgan rasmlaringizni ma'lum bir uzoqlikda joylashgan barcha foydalanuvchilar ko'rishi va unga baho berishi mumkin. Qancha ko'p foydalanuvchi rasmingizni yoqtirsa, sizning rasmingiz shunchalik uzoqroqdagi foydalanuvchilarga ko'rinishi hamda butun dunyoga mashxur bo'lishi ko'zda tutilgan.


pLaTiNuM

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!