PST formatdan EML formatga konvert qilish

Ish joyimda mail server bo'yicha mas'ul bo'lib ishlayman. Bizning tashkilotimizni rasmiy elektron pochtasini Outlook Express, Microsoft Outlook va boshqa shunga o'xshash dasturlar orqali foydalanuvchilar, bundan tashqari Roundube orqali veb-tizimdan kirib foydalanadiganlar ham bor.

Microsoft Outlooklarda akkauntni birinchi marotaba yaratgan vaqtimizda “Xatlarni ko'chirib olingach, serverda qoldirish" tugmasi belgilanmagan bo'ladi. Buning oqibatida xatlar Outlook'ga import qilingach, serverdan o'chib ketadi.

Bizning bitta foydalanuvchimiz doimo veb orqali foydalanib kelar edi. Outlook orqali sozlaganda serverdan xatlari o'chib, Outlookiga import bo'lgan. Endi foydalanuvchi faqat Outlookdagi xatlarni backup qilib, boshqa joyda foydalanib yurishi qiyinchilik tug'diradi. Veb ilovada esa xatlar yo'q. Bu esa xizmat safarlarida yurganida juda qiyinchilik tug'diradi.

Microsoft Outlook orqali backup shaklida hammasini bitta qilib chiqarib berilgan PST kengaytmali (formatdagi) faylni serverga yuklash bosh og'rig'i chiqdi. Serverga xar bir xat uchun alohida .eml formatdagi faylni yuklash mumkin holos.

Biz internetdan PST dan EML ga o'giradigan (convert qiladigan) dasturlarni qidirdik. Barchasi pullik bo'lib chiqdi. Shunda yana bir oson va bepul yo'lini topib oldim.

Ubuntu uchun libpst4 va pst-utils paketlarini o'rnatdim. Endi ubuntuga readpst degan buyruqdan foydalanish mumkin bo'ladi. Backup qilingan PST faylni serverga tashladim va quyidagi buyruq orqali, .eml formatda chiqarib oldim:

readpst -e backup.pst

Bu yerda -e .eml formatda saqlanishini ta'minlab beradi. Joriy papka ichida Outlook'dagi papkalar paydo bo'ldi va ularni ichiga xatlarni fayli ko'rindi.

Serverimizda POP3 va IMAP ni ta'minlovchi dovecot serveri o'rnatilgan. Men bu fayllarni /var/vmail/example.com/username papkasi ichidagi kerakli papka ichiga tashladim va xatlar muvaffaqiyatli ko'rindi. readpst -h orqali boshqa buyruqlarni ham o'rganib olishingiz mumkin ekan. Juda ham qulay utilita ekan.


ruslanmedia

Muallif haqida

Rustamov Ruslan Ulug‘bekovich


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!