yangi

Raspberry Pi - haqida

Raspberry Pi - haqida

Ushbu maqolada ko'pchilik dasturchi va giklarning sevimli "o'yinchog'i"ga aylangan, kichik kompyuterlar orasida o'z o'rniga ega va eng mashhuri bo'lgan Raspberry Pi va uning oilasi haqida ma'lumotlar beriladi. Raspberry Pi - yakka platali bank plastik kartalari kattaligidagi juda qulay va ko'plab ajoyib imkoniyatlarga ega bo'lgan kompyuter bo'lib, "Raspberry Pi Foundation" tomonidan yaratilgan.

Ushbu kompyuter qurilmani yaratuvchilari o'ylagandan ham kattaroq natijalarga erishdi va juda qisqa muddatda tez mashhur bo'lib ketdi. Bunga asosiy sabab qilib esa, uning juda arzonligi va ishlatishda judayam oddiyligini ko'rsatish mumkin. Quyida Raspberry Pi oilasiga kompyuterlarning ro'yxati keltirilgan:

Versiyasi E'lon qilinga sana Protsessor Chastota Yadrolar soni Tezkor xotira GPIO USB Ethernet WiFi Bluetooth Narxi
"A" 2013-yil fevral ARM1176JZ-F 700MHz 256 MB 26 ta pin 1 ta port yo'q 20 $
"A+" 2014-yil noyabr ARM1176JZ-F 700MHz 256 MB 40 ta pin 1 ta port yo'q 25$
"B" 2012-yil aprel ARM1176JZ-F 700MHz 512 MB 26 ta pin 2 ta port bor 35$
"B+" 2014-yil iyun ARM1176JZ-F 700MHz 512 MB 40 ta pin 4 ta port bor 30$
"2B" 2015-yil fevral ARM Cortex-A7 900MHz 4 1 GB 40 ta pin 4 ta port bor 35$
"Zero" 2015-yil noyabr ARM1176JZ-F 1GHz 512 MB 40 ta pin 1 ta port miniUSB OTG yo'q 5$
"3" 2016-yil fevral ARM Cortex-A53 x64 1,2GHz 4 1 GB 40 ta pin 4 ta port bor 802.11n 4.1 35$

Kompyuterdan foydalanish uchun unga qo'shimcha ravishda quti, tok manbai va flesh xotira sotib olish kerak bo'ladi.

Ushbu kompyuter uchun maxsus Debian Linux operatsion tizimi asosida aynan ARM'lar uchun optimizatsiya qilingan Raspbian operatsion tizimi yaratilgan. Uning tarkibida, Midori veb brauzeri, Open Office ofis muharriri va ko'plab boshqa kerakli dasturlar mavjud. Ushbu operatsion tizimi va uning tarkibidagi hamma dasturlar ochiq kodli bo'lib, mutloq bepul, ulardan foydalanish uchun pul to'lash zaruriyati yo'q.

Raspberry Pi HDMI yordamida kompyuter monitoriga yoki oddiy televizorga ulab, undan foydalanish mumkin. Yoki bo'lmasa unga tarmoqdan ulanish imkoniyati ham mavjud. Bunda putty(yoki kutty) dasturi eng qulayi hisoblanadi.

Uning eng qiziq va boshqa mini kompyuterlardan ajralib turadigan tarafi undagi GPIO (general purpose input/output) portlaridir. Ushbu portlar bilan Raspberry Pi yordamida har xil qurulmalarni dasturiy kod yordamida boshqarish mumkin. Raspberry Pi turiga qarab undagi pinlari soni har xil bo'ladi. Pinlar sonini yuqoridagi jadvaldan ko'rishingiz mumkin.

Raspberry Pi dan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? Umuman olganda bu kompyuterga ko'pchilik giklar kichik bir hobby, qiziqish sifatida qarashadi. Balkim shundaydir. Lekin internetda Raspberry Pi yordamida yaratilgan ko'plab qurilmalarni ko'rish mumkinki, uning imkoniyatlariga lol qolish hech gap emas. Uning yordamida asosan uy uchun media server, aqlli uy, qo'l-bola planshet, turli xil robotlar, 3D printerlar, "server"lar klasterlari va boshqa ko'plar qiziqarli qurilmalar yaratilgan. Siz o'zingizga yoqgan loyihani kodi va chizmalarini ko'chirib olishingiz va o'zingiz yasashingiz mumkin.

Quyida Raspberry Pi asosida yaratilgan 10 ta loyihani ko'rishingiz mumkin.




diy raspberry pi raspbian geek geeks IoT HDMI 12-Iyul 13:37 2690

WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 8

WebStyle
WebStyle
Juda yaxshi maqola chiqibdi
Muzaffardjan
Muzaffardjan
Darhaqiqat
Muzaffardjan
Muzaffardjan
Darhaqiqat
WebStyle
WebStyle
qayerdan sotib olsa bo'ladi ?
generalboss
generalboss
internet magazinlarda. Yoki olxni ham qarab ko'rish kerak.
WebStyle
WebStyle
Yana eshitishim bo'yicha windows 10 ham qo'yvosa bo'ladi deyishvoti
WinStyle
WinStyle
Amazondan olsa bo'ladi. Hozir Raspberry Pi 3 eng yangisi 35$ larga sotib olsa bo'ladi. WIndows 10ni qo'ysa bo'ladi. Windows 10 dan keyin Raspberry Pi oddiy arduino bo'lib qoladi.
WebStyle
WebStyle
Eng yaxshisi yengil ishlidigan linux qo'yish qo'yish kere. Shunda u bilan bironta ish qilsa bo'ladi)
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!