yangi

Smartfon ekranini kompyuterda ko'rish va boshqarish

Smartfon ekranini kompyuterda ko'rish va boshqarish

Nega kerak o'zi?

Masalan telefoningizda o'yin o'ynamoqchisiz, uni ekrani kichikroq. Shunda telefonni ekrani kompyuterimiz monitorida ko'rib o'ynamoqchimisiz?

Android developer bo'lsangiz va emulator ishlatish imkoni bo'lmasa, telefoningizni ulab ishlatmoqchisiz-u lekin har safar telefonni qo'lga olaverish yoqmayaptimi. Xuddi emulator ishlatgandek sichqoncha bilan boshqarmoqchisiz?

Shunday holatlarda juda qulay bo'ladi.

Mana endi ishga kirishamiz

1-qadam:

Mana bu orqali scrcpy dasturini yuklab oling:

https://github.com/Genymobile/scrcpy/releases/down...

2-qadam:

Yuklab olgan faylingizni zip'dan chiqaring

3-qadam:

Zipdan chiqarib olgan papkangizni C:\Program Files\scrcpy\ ga joylang

Umuman olganda istalgan papkaga joylashingiz mumkin, lekin dasturlar shu yerda turgani ma'qul

4-qadam:

Endi shu papkadagi scrcpy.exe fayliga ярлык yaratib oling va uni Рабочый стол'ga ko'chirib qo'ying.

5-qadam:

Telefoningizni kompyuterga USB orqali ulang va 4-qadamda yaratgan ярлык ni bosib scrcpy dasturini ishga tushiring. Kompyuteringiz va USB kabelingizga qarab dastur 3-4 soniyalarda ishga tushishi mumkin.

Bonus

Agar menga o'xshab cool programmer bo'lib scrcpyni terminaldan yoki Windowsda Win+R bilan ishga tushirmoqchi bo'lsangiz scrcpy papkasini "Системные переменные"dagi Pathga qo'shish kerak. Buning uchun:

  1. scrcpy turgan papkani manzilini (Копировать)ctrl+c qilib oling.
  2. Системные переменные(System environment variables) ga kiring.
  3. Системные переменные(pastki qismdagi) ro'yxatdan Pathni tanlang.
  4. 1-qadamda ctrl+c qilib olgan manzilimizni Pathga qo'shing.

Mana endi terminaldan yoki Win+R bilan scrcpyni ishga tushurish mumkin


Abduqodirov Abdulaziz Abdumalik o'g'li - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Abduqodirov Abdulaziz Abdumalik o'g'li Flutter, Android, Java, Kotlin


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 6

Lion1808
Lion1808
Ajoyib! Maqola uchun, foydali ma'lumot uchun katta raxmat!
mysobirovuz
mysobirovuz
Menda dastur ishlamadi. Redmi not 7 telefonim
Dilshod77
Dilshod77
Телфнингизни обновить килинг
Zoirjon
Zoirjon
Juda zur
Mansurjon1112
Mansurjon1112
Salom, ekrani ko'rindi lekin boshqarib bo'lmadi. Redmi Not 10 telefonda.
Mansurjon1112
Mansurjon1112
Boshqarib bo'lmagan bo'lsa ham ajoyib dasturcha ekan. Rahmat
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!