So'rovnoma natijalari. 1-qism.

Assalom alaykum.

Biz o'zbek dasturchilari orasida kichik bir so'rovnoma qilish haqida o'ylab qoldik. So'rovnoma natijasiga ko'ra biz uchun juda muhim bo'lgan ba'zi bir savollarga javob olishni o'z oldimizga maqsad qilib oldik. Va qaysidir ma'noda javob topdik ham.

Demak, so'rovnoma jami 25 ta dasturchilarga odatiy beriladigan savollardan iborat bo'ldi. Ular nafaqat axborot texnologiyalari sohasiga oid, balki, dasturchilarning o'zlari, qiziqishlari, ma'lumotlari, oilaviy holatlari haqida ham edi.

So'rovnoma uchun o'zbek dasturchilari bor 4 ta kanal/muhit tanlab olindi. Shu to'rt kanalda so'rovnoma e'lon qilindi. So'rovnoma Google Forms'da yaratilgan bo'lib, har bir kanal haqida aniqroq, kanal auditoriyasi, ularning qatnashchilari haqida to'liqroq ma'lumot olish uchun, har bir kanal uchun alohida so'rovnoma nusxasi qo'llanildi.

Kanallar esa quyidagilar:

1. " O'zbek dasturchilari" - facebook'dagi "Uzbek developers / O'zbek dasturchilari" yopiq guruhi;

2. "Uzbek Developers" - telegram'dagi yopiq guruh;

3. " UzGeeks" - telegram'dagi "UzGeeks", community, ochiq guruh;

4. "Texnoman" - texnoman.uz saytining telegramdagi guruhi, kanali va boti.

Quyida har bir kanal bo'yicha qisqacha statistika keltirilgan:

Kanal Tashrif buyurganlar(umumiydan %i) Qatnashganlar(umumiydan %i) Unumdorlik*(%)
O'zbek dasturchilari(facebook) 54 40 29
Uzbek Developers 21 24 46
UzGeeks 11 16 55
Texnoman 14 20 56

*Qatnashganlar/Tashrif buyurganlar

Bu jadvalda keltirilgan sonlar nisbatan olingan bo'lib, har bir kanal uchun taxminiy unumdorlik aniqlash mumkin.

Keyingi "tort"da so'rovnomada qatnashganlarning qanday ma'lumotga(ta'lim) ega ekanliklari ko'rsatilgan. Unda qatnashuvchilarning kattagina qismi oliy ma'lumotli ekanligini ko'rish mumkin. Demaki, qaysidir ma'noda oliy ta'lim dasturchi bo'lish uchun zaruriy vositalardan biri ekan(ba'zida asosiy deb ham hisoblash mumkin). Meni fikrimcha, aynan axborot texnologiyalari bo'yicha oliy ta'lim bo'lishi shart emas. Boshqa yo'nalishlar, iqtisod, filologiya bo'yicha bo'lishi ham mumkin.

*So'rovnomada ta'lim darajasini ko'rsatishda "magistr", "master" kabi javoblar ham bo'lgan. Biz ularni oliy ma'lumotlilar qatoriga "qo'shib" qo'ydik.

Professional axborot texnologiyalar sohasida, har bir kompaniyada dasturchilarni darajalari bor. Bu daraja ularga jamoada, dasturiy ta'minot ishlab chiqish jarayonida qaysidir ma'noda o'z o'rnilari bo'lishligini ta'minlaydi. Va qolaversa, ko'p hollarda aynan shu darajalarga ko'ra ularga oylik maosh belgilanadi. Biz ham so'rovnomada qatnashuvchilardan o'z darajalarini holisona baholashni so'radik va quyidagi javobni oldik:

Har bir daraja haqida, ya'ni ularning vazifalari, qachon dasturchini middle yoki senior deb hisoblash mumkinligi haqida keyingi maqolalarda chuqurroq yozishga harakat qilamiz.

HTML dasturlash tilimi? Biz ham shu savolni berdik. Muhokama qilish, tortishish uchun juda qiziq va "qaltis" mavzu. Shunday emas? Kimlardir HTML'ni dasturlash tili deb aytsa, yana kimlardir dasturlash tili emas deb o'z javoblarini har xil misollar bilan isbotlashga harakat qilishadi. Bu ham alohida maqola uchun mavzu hisoblanadi. Lekin oldindan shuni aniq aytish mumkin-ki, HTML dasturlash tili EMAS!

Keyingi galda juda oddiy va kutilgan savol: oilalimisiz?

Temperament - har bir insonni tug'ilganidan boshlab o'zgarmaydigan nerv tuzilmasi bo'lib, uni(insonni) o'zini tutishini, unda sodir bo'layotgan psixik jarayonlarni aniqlaydi. Birinchi navbatda, temperamentni insonni har xil hodisalarga bo'lgan reaksiyasidan aniqlash mumkin. U to'rt xil bo'ladi:

Xolerik - tezkor, xarakteri tez o'zgaruvchan, juda emotsional va u juda ishchan hisoblanadi. Lekin, muhim bo'lmagan harakatlarga o'z imkoniyatini bexuda sarflab qo'yishi mumkin.

Flegmatik - bosiq, o'zini boshqara oladigan, kam impulsli, hamma narsaga ham e'tibor qaratmaydigan.

Melanxolik - har bir xodisaga diqqat bilan e'tibor qaratadigan, juda kuyunchan, emotsional juda nozik.

Sangvinik - jonli, fikri juda tez o'zgarib turuvchi, har bir tashqi o'zgarishga tezkor reaksiya bilan qaray oladigan. U juda mehnatsevar, agar bironta ishi u kutgan natija bermasa, omadsizlikni tan ola oladigan va agar u qilayotgan ishi unga qiziq bo'lsa, juda katta yutuqlarga erishishi mumkin. Lekin ishi u uchun qiziq bo'lmasa, zerikishni boshlaydi. Va bu zerikish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

So'rovnomada qatnashgan dasturchilar o'rtacha kuniga 8.9 soat ishlashadi. Eng mehnatkash dasturchilar 17 soat, eng "dangasa" dasturchilar esa kuniga bor yo'g'i 3 soat ish bilan mashg'ul bo'lishar ekan.

Olimlarning ta'kidlashlaricha inson tabiati va fiziologik imkoniyatlaridan kelib chiqib, har bir inson kuniga 8 soat uxlashi kerak ekan. So'rovnomada qatnashganlar kuniga o'rtacha 7.3 soat uxlashari aniqlandi. Ba'zilar kuniga 5 soat, ba'zilari esa 10 soat uxlashlarini ko'rsatishgan.

Juda ko'pchilik har bir dasturchi ingliz tilini bilishi kerak deb ta'kidlashadi. Biz ham qatnashchilardan qaysi tillarni bilishlari haqida so'radik. Ularning 84 foizi rus tilini, 79 foizi ingliz tilini, 14 foizi faqat ingliz, 16 foizi faqat rus tilini bilishar ekan. Qatnashchilarning 6 foizi qaraqolpoq tilini bilishlarini ko'rsatishgan. Bundan tashqari, ba'zilar koreys, italiyan, arab tillarini bilishlari bizni ham ajablantirdi, ham quvontirdi.

Maqolani ikkinchi qismida dasturchilar biladigan texnologiyalar, ularni oyliklari va boshqa ko'plab ma'lumotlar beriladi.

So'rovnoma bo'yicha savol va takliflarni kutib qolamiz!


WinStyle

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!