manba

Startap uchun 5 ta eng yaxshi biznes-model

1-model: Reklama

U reklamani bannerlar, matnli, kontekstli, video va audio reklama kabi turli ko'rinishlarda sayt yoki dasturda namoyish etishni nazarda tutadi. Siz reklamani ko'rsatishdan ham (reklama beruvchidan pul olgan holda), reklamadan voz kechishdan ham (foydalanuvchilardan "reklamani o'chirib qo'yish" funksiyasi uchun pul olgan holda) daromad olishingiz mumkin. Deyarli barcha elektron OAVlar ushbu biznes-modeldan foydalanadi.

2-model: Savdo

Ushbu model mahsulot yoki xizmatlarni sotishga asoslanadi. Bunda eBay, Amazon, Arba.uz va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bugungi kunda yangi freemium-modellar (bu dasturiy mahsulot yoki xizmatdan bepul foydalanish taklifidir, tovarning kengaytirilgan, yaxshilangan funksiyalari qo'shimcha to'lov evaziga taqdim etiladi) dolzarblik kasb etmoqda. Skype, Evernote, Dropbox, Google Drive, "Yandeks.Disk" muvaffaqiyatli freemium-modellarga misol bo'la oladi.

3-model: Obuna

Ushbu modelda obunachilardan mahsulot, servis yoki unikal kontentdan foydalanganlik uchun abonent to'lovi olinadi. Misol tariqasida Microsoft Office paketlari, Player.uz kontenti, New York Times maqolalari uchun obunalarni keltirish mumkin.

4-model: Tranzaksiya

Mazkur modelda monetizatsiya oldi-sotdi ishtirokchilari o'rtasidagi pulli tranzaksiyadan tushadigan komissiya puliga asoslanadi. Elektron pul vositalari operatori PayPal, o'ziniki bo'lmagan tovarlarni sotuvchi do'konlar — agregatorlar va boshqa moliyaviy servislar ("Yandeks.Market", eBay)ni misol qilib ko'rsatish mumkin.

5-model: Litsenziyalash

Bu dasturiy ta'minotni sotish va undan foydalanishga asoslangan biznes-model bo'lib, unda yetkazib beruvchi veb-dasturni ishlab chiqadi va uni mustaqil ravishda boshqarib, buyurtmachiga internet orqali dasturiy ta'minotdan foydalanish imkoniyatini beradi. "1S", Photoshop bunday biznes-modelga misol bo'la oladi.

Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: https://kontur.ru/articles/1003

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!