Startap uchun g‘oya qanchalik muhim?

Startup Factory.uz akseleratoriga o'z g'oyasini dohiyona deb biluvchi yoshlar ko'p keladi (aslida esa ular yana bir Facebook ochishni "o'ylab topgan").

Rossiyalik investor Arkadiy Moreynisning "Unikal (yagona) g'oyalar yo'q. Ayni paytda sizga yangilik va originallik namunasi bo'lib tuyulayotgan narsani aslida yuzlab kishilar amalga oshirishga urinib ko'rgan va ish bermagani uchun tashlab qo'ygan. Yana yuzlab kishilar ayni vaqtda xuddi shu narsani qilmoqda. Yana yuz kishi buni ertaga amalga oshirishga urinib ko'radi", — degan gaplariga to'liq qo'shilamiz.

Loyihaning muvaffaqiyati — ajoyib g'oya o'ylab topish natijasi emas; loyiha muvaffaqiyati butkul jamoa va to'g'ri amalga oshirishga bog'liq. Loyiha muvaffaqiyatining 10 foizi omad, 10 foizi mablag' hamda 80 foizi maqsadga erishish yo'lidagi qat'iylik va kompetensiyadan iborat.

G'oyalarning o'zi va ularning amalga oshirilishini aniq qilib farqlash lozim. Har bitta loyihaning noyobligi g'oyaga emas, uning amalga oshirilishi, "biznes-development", zarur biznes jarayonlarini yo'lga solish qobiliyatiga bog'liq.

Va bu jamoa tuzish, savdo-sotiqni tashkillashtirish, logistika, to'lov tizimlari, tovarni qaytarish, B2B-sheriklikni yo'lga qo'yishga aloqador eng murakkab vazifadir.

Hatto, G'arbda ham hozir unikal g'oyalar ustun emas. Odatda bu eski g'oyalarning takrorlanishi, yaxshilangan g'oyalar, mavjud loyihalarning qayta formatlanishidir.

Startap uchun g'oyani qanday topish mumkin? Bu haqda kelasi maqolalarda so'zlab beramiz.

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!