Startap-akselerator nima?

Akselerator nima bilan shug'ullanishini batafsilroq ko'rib chiqamiz. Maqolada yozilgan narsalarning barchasi StartupFactory.uz'ga ham tegishli.

Akselerator — biznesi boshqa kompaniyalarga (akselerator rezidentlariga) yordam berishdan iborat bo'lgan kompaniya.

Akseleratorlar rezidentlarga jamoaga biznes-modelni "charxlash"da, zarur kontaktlarga ega bo'lishda va savdoni oshirishda yordam beradigan dasturni taklif qiladi. Dastur uch oydan yarim yilgacha davom etadi. Odatda, akseleratorning kovorkingi bo'lib, rezident kompaniyalar akseleratsiya chog'ida o'sha yerda bo'ladi.

Akseleratorlar kompaniyada ulushga ega bo'lib, keyinroq ushbu ulushni sotishdan daromad oladi. Masalan, akselerator N loyihasidan 10 foiz hajmida ulushga ega bo'ldi. N loyihasi akseleratsiya dasturidan o'tdi, o'sdi va bozorning ko'zga ko'rinadigan ishtirokchisiga aylandi. XXX korporatsiyasi ushbu startapni 10 million dollarga sotib olishga qaror qildi. Bu holatda akselerator xarid qiymatining 10 foizi — 1 million dollarga ega bo'ladi.

Akseleratorlar orasida Y-Combinator eng birinchi bo'lib yaratilgan. Unga 2005-yilda Bostonda Pol Grem asos solgan. Ular uch oylik biznes-dasturlar va kichik investitsiyalarni taklif qilgan. O'zbekistondagi birinchi akselerator esa 2015-yildagina paydo bo'ldi.

Akselerator startaplarga qanday yordam beradi?

  • Biznes sohasida tayanch bilimga ega bo'lish. O'zbek startaplari uchun bu ayniqsa muhim. Bizda ko'pchilik biznes nima ekanligi, u qanday yaratilishi, monetizatsiya nimaligini umuman tushunmaydi. Ko'p kishilar qandaydir mobil dasturni yaratish kifoya, u yog'iga o'zi pul ishlab topaveradi, deb o'ylaydi. Mana shunday yosh tadbirkorlar uchun biznes-dasturlar juda muhim.
  • Akseleratorning o'zi loyihaning muvaffaqiyat qozonishini kafolatlamaydi, biroq yangi imkoniyatlarni ochadi. Bu xuddi maktabdan oliy ta'lim muassasasiga o'tishga o'xshaydi: imtihondan yiqitishlari mumkin, yoki a'lo natijalarni ko'rsatishingiz mumkin. Agar jamoa loyihaga butunlay sho'ng'ib ketsa, KPI'ni bajarsa, ustozlarni to'g'ri tanlay bilsa, butun biznes-strategiyani o'ylab chiqsa, unda akseleratorni o'rab turgan hamjamiyatga uning muvaffaqiyatlari seziladi.
  • Investorlar akseleratorlardan yaxshi loyihalarni ko'z ostiga olib qo'yadi (biroq bu investitsiyalarni kafolatlamaydi). Har bir akseleratorning manfaatdor investorlardan iborat o'z bazasi bo'ladi.

Akseleratorda ishlab ko'rishni istaysizmi? 10-oktabrdan 10-dekabrgacha StartupFactory.uz akseleratorining ikkinchi saralashida qatnashish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ariza bering!

Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: http://rusbase.com/howto/accelerate/

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!