Startup Mix #28. Anons

Startup Mix #28. Anons

19-mart kuni Toshkentdagi Inha Universitetida navbatdagi Startup Mix'ning 28-tadbiri bo'lib o'tadi. Bu galgi dasturda chet-ellik mehmonlar, investor bilan onlayn suhbat hamda dasturiy ta'minot ishlab chiqish jarayonini boshqarish metologiyalari bo'yicha qiziqarli munozaralar bo'lib o'tadi.

Qisqacha tadbir dasturi:

10:00 - 10:30. AT-tadbirkor Bobir Akilxanovning investitsiya qoidalari. Onlayn-suhbat

10:30 - 11:00. AT-mahsulotlarni ishlab chiqishda Agile metodini tadbiq qilish bo'yicha munozara:

Akmal Paiziev, Newmax Technologies rahbari

Renat Axtyamov, Uzcard'da Axborot Texnologiyalari bo'yicha direktor

Baxtiyor Xasanov, Lamuz asoschisi

11:00 - 12:30. Isroilning startap madaniyati. Qanday qilib innovatsion loyihalar hukumat va akseleratorlar qo'llab-quvvatlashlari yordamida xalqaro bozorlarga chiqishadi

Klara Oren, L.N. Innovative Technologies biznes-inkubatori asoschisi

12:30 - 12:50. User Onboard: qanday qilib yangi foydalanuvchilarni Sizning mahsulotingiz bilan "tanishtirish"

Yelena Selezneva, StartupFactory.uz

12:50 - 13:10. Amazon "ichkari"sidan qanday tuzilgan. Muvaffaqiyatli ishlashnig sirlari va elektron tijorat tizimlari. Alisher Yusupov, Brand.uz

Tadbir qatnashchilari Startup Mixda qatnashishlari uchun oldindan ro'yxatdan o'tishlari lozim. Buning uchun facebookda "Men boraman" tugmasini bosishlari yoki startupmix.uz da ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Ro'yxatdan o'tishda haqiqiy ism va familyani ko'rsatish kerak.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!