StartupFactory.uz startap g‘oyalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bepul dastur uchun tanlov e’lon qildi

StartupFactory.uz akseleratori "O'zbekiston Biznes-forumi (III bosqich)" loyihasi (O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturining birgalikdagi loyihasi) bilan hamkorlikda Idea Lab dasturini ishga tushiradi.

Idea Lab — startaplarga rivojlanishning ilk bosqichida ekspert ko'magini berish bo'yicha konsultatsiya dasturi. 20 kun ichida g'oyalar sinovdan o'tkaziladi, loyihaning zaif tomonlari aniqlanadi, startaplar va Lean Startup metodologiyasi haqida gapirib beriladi, IT sohasidagi shaxsiy biznesni ishga tushirish uchun nima qilish kerakligi va investorlar loyihalarni qanday baholashi tushuntiriladi.

Loyiha g'oya bosqichidagi IT-loyihalariga ega bo'lgan oliy ta'lim muassasalarining yuqori kurs talabalari va yosh tadbirkorlarga mo'ljallangan. U 20 ish kuni davomida kuniga 2—3 soatdan o'tkaziladi.

Saralashda e'tiborga olinadigan asosiy mezonlar — g'oyaning O'zbekiston bozoriga mosligi, loyihaning amalga oshiriluvchanligi, tijoriy tarkibi (daromad olish), loyiha asoschilarining maqsadga erishishga intiluvchanligi.

Arizalar quyidagi saytda 10—30-oktabr kunlari qabul qilinadi: http://idealab.startupfactory.uz/

Idea Lab dasturiga quyidagilar kiradi:

  • Lean Startup
  • Customer Development
  • Business Model Canvas
  • Yuridik konsultatsiya
  • Soliq solish bo'yicha konsultatsiyalar
  • Buxgalteriya bo'yicha konsultatsiyalar.

Eng yaxshi loyihalar investorlar bilan tanishish va StartupFactory.uz akseleratorining asosiy, uch oylik dasturida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Ariza bering va Idea Lab'ning Facebook'dagi sahifasida savollar bering.

Idea Lab dasturiga bog'liq savollar bo'yicha quyidagi kontaktlar orqali loyiha rahbari Yelena Seleznyovaga murojaat qiling: + 998 71 150 11 73, idealab@startupfactory.uz Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!