Talabaning million dollarlik sahifasi

Million dollarlik web sayt bilan tanishganimga mana salkam 5 yil bo`libdi. Anglyaning Uiltshaye (Wiltshire) shaharchasida yashovchi talaba Aleks Tyu 2005 yili o`qishiga pul to`lashga qiynalib qoladi. Miyasiga kelgan fikrdan o`zi ham zavqlanib ketadi. U 1000x1000 o`lchamli web sayt yaratishga va uning har bir pikselini reklama uchun $1 dan pullashga harakat qiladi. Ya`ni agar barcha piksellar sotib tugatiladigan bo`lsa, uning cho`ntagi naqd $1,000,000.00 bilan boyir edi.

2005-yilning 26-Avgust kuni ishga tushirilgan sayt tez orada Internet fenomenasiga aylandi. Piksellar 10x10 o`lchamda sotiladigan bo`ldi. Sahifa bir oy ichida $250,000 to`plashga erishdi va keyingi 4-5 oyda barcha piksellar batamom sotib tugatildi.

Maqolani yozishdan maqsad, sizni yanada ildamroq bo`lishga chaqirishdir. Qachongacha bizga kelgan fikrlarni miyamizda saqlab kelamiz? Qachongacha bizga bir fikr keladiku uning ijrosiga kelganda turli bahonalar qilamiz, orqaga tashlaymiz?

Idea bormi, amalga oshiring. Uning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz chiqishi ikkinchi darajali masala. Muhimi bu tajriba orttirishdir.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

Javlonbek
Javlonbek
Miyamdan ko'plab idealar o'tgan lekin ularni amalga oshirish uchun dasturlashni mukammal o'rganishim kerak
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!