manba

TATUda dasturchilar uchun UzGeeks Community mitapi bo‘lib o‘tdi

TATUda dasturchilar uchun UzGeeks Community mitapi bo‘lib o‘tdi

22-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti O'zbek-Hind markazida UzGeeks Community'ning UzGeeks July2017 Meetup bo'lib o'tdi. Bu galgi mitapga axborot texnologiyalari sohasida ko'p yillik malakaga ega bo'lgan 3 ta mutaxassis taklif etildi.

1.Double Technology LLC kompaniyasi rahbari Mirjalol Bahodirov hozirda jahonda kundan kunga ommabop bo'lib borayotgan, eng zamonaviy, eng yangi dasturlash tili bo'lgan Kotlin – dasturlash tili haqida, uning boshqa tillardan afzalliklari, imkoniyatlari va uning java dasturlash tilidan farqi haqida Is Kotlin future of Java? nomli mavzuda taqdimot qildi.

2. DataSite Technology kompaniyasi xodimi Murodjon Normatov Microsoft kompaniyasining eng oxirgi innovatsion mahsulotlaridan biri bo'lgan, .Net Core framework texnologiyasi bo'yicha oldindan tayyorlab kelgan taqdimotni o'tkazib berdi.

3.Bir necha yillardan beri mustaqil dasturchi bo'lib ishlab kelayotgan Farrux Mamatxalilov o'zining yoshligiga qaramasdan, sohada juda katta burilish yasagan Node.js texnologiyasining Express.js framework'i haqida tadimot qildi va uning asosida qurilgan mikroservislar tamoyili asosida ishlaydigan kichik loyihani qanday ishlashini ko'rsatdi.

Ushbu mavzular bo'yicha tadbir ishtirokchilari taklif etilgan mehmonlarga o'zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Tadbir juda qizg'in, bahs-munozaraga boy holda bo'lib o'tdi.

UzGeeks Community — bu O'zbekistoning hamma burchaklaridan bo'lgan axborot texnologiylari muhandislarini faoliyatlari davomida shu sohada orttirgan bilim va tajribalari, izlanishlar va axborot texnologiyalari sohasidagi eng so'ngi yangiliklar bilan bo'lishish, yosh mutaxassislarga, talabalarga nazariy bilimlarini amaliyotdagi qo'llanilishi, yangi texnologiya va metodologiyalar bilan tanishish imkonini beruvchi mutloq ochiq maydoncha. Shu bilan birga, axborot texnologiyalariga oid o'zbekcha sifatli resurslarni yaratishlar, borlarini to'ldirish yana bir muhim yo'nalishdan biri hisoblanadi.

UzGeeks Community doirasida 3 yildan beri har ikki oyda bir marta ochiq muloqot, bilim va malakalar bilan bo'lishish maqsadida mitap-tadbirlar tashkil etiladi. Shu bilan birga, ular onlayn tarzida ijtimoiy tarmoqlarda efirga uzatiladi. Ushbu tadbirlarda qatnashish mutloq bepul bo'lib, xohlagan ishtirokchi o'z shaxsiy professional tajribalaridan kelib chiqqan holda biror-bir mavzu bo'yicha taqdimot o'tkazib berishi yoki oddiy eshituvchi-ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin.

Shuni ta'kidlash joizki, hozirgi axborot asrida shunday ko'rinishdagi tadbirlar, yurtimizda axborot texnologiyalarini yanada rivojlanishi uchun muhim muhit bo'lib, ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar va dasturlashni endi o'rganishni boshlagan yosh dasturchilar o'rtasida zaruriy ko'prik sifatida xizmat qiladi.

UzGeeks Community keyingi mitap-tadbiri sentabr oyida bo'lib o'tadi.

Manba:


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!