yangi

TATUda UzGeeks December2017 Meetupi bo'lib o'tdi

TATUda UzGeeks December2017 Meetupi bo'lib o'tdi

Assalom alaykum.

Avvalroq dekabr oyida UzGeeks Community jamoasining navbatdagi mitapi bo'lishi e'lon qilingan edi.

16-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti katta anjumanlar zalida UzGeeks Community jamoasining navbatdagi "UzGeeks December2017 Meetup" tadbiri bo'lib o'tdi. Ushbu mitapda axborot texnologiyalar sohasida ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan professional mutaxassislar o'z bilimlari asosida qiziqarli hamda axborotga boy taqdimotlar o'tkazib berishdi.

Tadbirda birinchi bo'lib ushbu mitapda taqdimot qilish uchun atayn Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan tashrif buyurgan For Each Soft kompaniyasi asoschilaridan biri bo'lgan Muzaffardjan Karaev(@Muzaffardjan) "Domain Driven Design in PHP. ZF3" mavzusida shaxsiy professional tajribasidan kelib chiqib qiziqarli taqdimot qilib berdi.

DOMAIN DRIVEN DESIGN - Murakkab mavzu maydonida kodlarni tashkil etishda yondashuvlar majmui bo'lib, uning yordamida katta loyihalar yaratish jarayonida bir qancha ustunliklarga erishish mumkin. Masalan:

Shu bilan bir qatorda DDDning ba'zi kamchiliklari ham mavjud:

  • Hammasi aralash;
  • Qayta foydalanish qiyin;
  • Testlar;
  • Bir qancha IF qo'shasiz va hamma joy tartibsiz.

Muzaffardjanning aytishicha DDDga eng katta qiziqishni ushbu grafik uyg'otgan:

Shunday qilib, DDD - qoida emas, DDD - tavsiyalar janlanmasidir!

Mitapda keyingi bo'lib O'zbekistonda ko'p yillik tajriba va obro'ga ega bo'lgan, eng yirik axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biri bo'lgan DataSite Technology kompaniyasida ko'p yillardan beri dasturchi, loyiha menedjeri, texnik direktor lavozimida ishlab kelayotgan Lochin Shodiev "How to Manage Software Development" mavzusida loyihalarni boshqarish, dasturchilarni izlash, ularni ishga olish kabi har bir axborot texnologiyalari kompaniyasining muhim ish jarayoni haqida, o'z malakasi asosida, nafaqat loyiha menedjerlari, balki, oddiy dasturchilar uchun ham muhim bo'lgan ma'lumotlar berdi.

Ushbu taqdimotda loyihalarni odatiy hamda skram(scrum) metologiyasi yordamida boshqarishda kamchilik va afzalliklar, ularni bir-biridan farqi, qolaversa, shaxsiy tajribadan kelib chiqib, skramdan foydalanish - eng samarali usul ekanligi ta'kidlandi.

Qolaversa, loyihalarda ishlashda, o'zimizni o'zbekcha mentalitetdan kelib chiqilgan holda, xodimlarni boshqarish, ularga to'g'ri motivatsiya berish, oylik masalasida, ish jarayonidagi muloqot bilan ishdan tashqariga o'zaro aloqalarda qanday yo'l tutish, qanday xatolar qilmaslik kerakligi aytib o'tildi.

Mitapdagi so'nggi taqdimotni texnoman.uz loyihasi asoschilaridan biri, UzGeeks Community mitaplarida bir necha bor o'z bilimlari yordamida taqdimotlari bilan ishtirok etgan Farrux Mamatxalilov(@webstyle) "Async Await in Javascript" mavzusida "live coding" usulida qiziqarli taqdimot qilib berdi. Unda JavaScript bekendda(nodejs yordamida) callbacklar, promiselar haqida, ularning kamchilik va afzalliklari, ularni standard qo'llash usullari yaqqol misollar yordamida ko'rsatib berildi.

Taqdimotning eng muhim nuqtasi JavaScriptda async va awaitning vazifalari, ularning qo'llanish usullari haqida bo'ldi.

Mitap so'nggida mitapda taqdimotlar bilan qatnashgan mehmonlarga Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti ma'muriyati va UzGeeks Community tashkilotchilari tomonidan minnatdorchilik sifatida sertifikatlar topshirildi.


UzGeeks Community — bu respublikamizning barcha burchaklaridan bo'lgan axborot texnologiylari mutaxassislarini faoliyatlari davomida shu sohada orttirgan bilim va tajribalari, izlanishlar va axborot texnologiyalari sohasidagi eng so'ngi yangiliklar bilan bo'lishish, yosh mutaxassislarga, talabalarga nazariy bilimlarini amaliyotdagi qo'llanilishi, yangi texnologiya va metodologiyalar bilan tanishish imkonini beruvchi mutloq ochiq va bepul maydoncha. Shu bilan birga, axborot texnologiyalariga oid o'zbekcha sifatli resurslarni yaratishlar, borlarini to'ldirish jamoaning yana bir muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Qolaversa, hozirda, UzGeeks maydonchasi axborot texnologiyalari sohasiga yangi kirib kelayotgan yoshlarga, talaba-o'quvchilarga ham o'z bilimlarini oshirish, soha bo'yicha o'zlarini qiynagan savollarga ko'p yillik tajriba va bilimga ega bo'lgan professional mutaxassislardan javob olishlar imkonini ham beradi.

UzGeeks Community doirasida 3 yildan beri har oyda bir marta ochiq muloqot, bilim va malakalar bilan bo'lishish maqsadida mitap-tadbirlar tashkil etiladi. Shu bilan birga, ular imkon darajasida onlayn tarzida ijtimoiy tarmoqlarda efirga uzatiladi. Ushbu tadbirlarda qatnashish mutloq bepul bo'lib, xohlagan ishtirokchi o'z shaxsiy professional tajribalaridan kelib chiqqan holda biror-bir mavzu bo'yicha taqdimot o'tkazib berishi yoki oddiy eshituvchi-ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin.

UzGeeks Community jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti o'qituvchilari va rahbariyatiga minnatdorchilik bildiradi.

Oktabr oyida bo'lib o'tgan mitap haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

"UzGeeks December2017 Meetup" taqdimotlarini ushbu havoladan ko'chirib olishingiz mumkin.

UzGeeks Communityning keyingi mitap-tadbirlari fevral, mart oylariga bo'lishi rejalashtirilgan.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!