Telegramda Telegraph servisining rasmiy boti paydo bo'ldi

Yaqindagina dunyo yuzini ko'rgan eslatmalar yozish uchun mo'ljallangan Telegraph xizmatining Telegram uchun rasmiy boti paydo bo'ldi.

@Telegraph boti Telegram akkauntingiz yordamida Telegram veb xizmatiga kirish, har bir maqola yozilganidan so'ng unga muallif ismini va profilingizga yo'llanma kiritish kabi ortiqcha ishlarni oldini olib, maqola yozishni juda ham qulaylashtiradi.

Bot sozlamalaridan o'zingizning tahallusingiz, ismingiz, profilingizga yo'naltirilgan havolani o'zgartirish va akkauntlaringizni o'zgartirish amallari o'rin olgan.

Agarda siz Telegraph'dagi maqolangiz yo'llanmasini ushbu botga yuborsangiz, u maqolani necha marotaba ko'rilgani haqida statistik ma'lumotlarni beradi. Ma'lum bir sanadagi statistikani ko'rish uchun esa ko'rsatilgan tarzda sanani kiritib o'tish zarur.

--> @Telegraph



pLaTiNuM

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!