yangi

TexnoGap loyihasi haqida

TexnoGap loyihasi haqida

Assalom alaykum.

Ushbu maqolada bir guruh ko'ngilli dasturchilar tomonidan yuritilayotgan TexnoGap loyihasi haqida so'z boradi.

Aprel oyining 4-choragida o'zbek dasturchilarining telegram guruhlaridan birida karantin payti ko'pchilik uchun foydali onlayn suhbat qurish loyihasini ishga tushirish taklifi berildi. Va taklif ko'pchilik bo'lib ma'qullandi.

Bu suhbat onlayn video format ko'rinishda bo'lib, unda asosan ma'lum soha yoki yo'nalish mutaxassislari ishtirok etishadi, o'rtacha 4 ta ishtirokchi qatnashadi. U YouTubega to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilinadi, unda asosan biron bir mavzu tanlab olinadi yoki qaysidir yangiliklar muhokama qilinadi(hozirda asosiy 4 savol aniqlab olinmoqda, mehmonlar shu savollarga o'z bilim, malakalaridan kelib chiqgan holda o'z fikrlarini bildirishmoqda). Boshlang'ich rejalarga ko'ra suhbatda ikki boshlovchi va ikki mehmon qatnashadilar.

Ushbu loyihaga Muhammadjavohirbek Sur'atov tomonidan TexnoGap deb nom berish taklifi berildi. Va bu nom hammaga ma'qul bo'ldi.

Boshlanishiga suhbatlarni Zoom platformasi orqali amalga oshirish kelishib olindi va birinchi TexnoGap #0 soni aynan Zoom platformasida o'tkazildi. Lekin keyinchalik suhbatlarni aynan YouTubega jonli o'tkazish uchun maxsus platformalar borligi aniqlandi va keyingi TexnoGap sonini sinov tariqasida streamyard.com saytida o'tkazishga qaror qilindi(GDG Tashkent'ga katta raxmat). Endilikda faqat shu sayt orqali TexnoGap amalga oshirilmoqda.

Dasturchilar guruhida faol davom etgan muhokamalar asosida TexnoGap loyihasining quyidagi asoslari aniqlab olindi:

  1. Har bir TexnoGapda o'rtacha 4 kishi qatnashadi;
  2. Har bir TexnoGapda kamida 1 ta boshlovchi bo'ladi;
  3. Har bir TexnoGapda ma'lum bir mavzu tanlab olinadi(mavzu tanlashda TexnoGap kuzatuvchilarining fikrlari inobatga olinadi);
  4. Har bir TexnoGapda tanlab olingan mavzu asosida 4 dona asosiy savollar tayyorlanadi;
  5. Shu tanlab olingan mavzu va savollarga to'liq, aniq, qiziqarli javob bera oladigan mutaxassislar taklif etiladi;
  6. TexnoGap kuni aniqlanadi va telegram, facebookda kanal, guruh va sahifalarda e'lon qilinadi;
  7. Belgilangan kun suhbat tashkil etiladi va YouTubega jonli efirga uzatilinadi;
  8. Jonli efirda TexnoGap mehmonlari(ba'zida boshlovchilar ham) tanlab olingan mavzu va savollar asosida iloji boricha qiziqarli, foydali suhbat qurishadi;
  9. Suhbat so'ngida(agar vaqt qolgan bo'lsa) YouTubedagi jonli efirda bo'ladigan chatdagi savollarni o'qishadi, ularga javob berishadi;
  10. TexnoGap suhbatlarini tashkil etishda doimiy boshlovchilar belgilab olinmaydi.

Shunday qilib, kichik bir taklif asosida YouTubeda o'zbek tilida yana bir qiziqarli loyiha paydo bo'ldi.

Agar Sizda ham TexnoGap formatida suhbatlar tayyorlash istagi bo'lsa, bemalol TexnoGap kabi loyihalarni tashkil etishingiz mumkin(TexnoGap nomi ostida). Shu masalada biron bir yordam kerak bo'lsa, bemalol bizga murojaat qilishingiz mumkin.

16-iyun holatiga ko'ra ushbu loyihaning 5 ta soni bo'lib o'tdi. Ularni mana bu yerda ko'rishingiz mumkin.

Fursatdan foydalanib ushbu loyihani tashkil etishda yaqindan yordam bergan barcha do'stlarga, dasturchilarga, suhbatlarga taklif etilgan(etiladigan) mehmonlarga va umuman barcha kuzatuvchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

TexnoGap bo'yicha takliflar bo'lsa, quyida izoh ko'rinishda qoldirishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!