yangi

Texnoman.uz'dan yangi tanlov!

Texnoman.uz'dan yangi tanlov!

Assalom alaykum.

Texnoman.uz'dan yangi tanlov! 5-apreldan 5-maygacha texnoman.uz saytida maqola yozing va pul mukofoti yutib oling. Maqola texnoman.uz sayti qoidalariga mos kelishi va unda "texnomanapreltanlov" va "texnomantanlov" teglari ishlatilinishi kerak. Ovoz berish texnoman.uz'ning telegram kanalida bo'lib o'tadi. Maqola saytda joylangandan so'ng, texnoman.uz'ning telegram kanaliga ham joylanadi va ovoz berish jarayoni boshlanadi. 5-may soat 23:59 holatiga ko'ra eng ko'p ovoz to'plagan 3 ta maqola mualliflariga pul mukofotlari o'tkazib beriladi(ularga qulay bo'lgan usulda)!

Pul mukofotlari:

1-o'rin - 50.000 so'm;

2-o'rin - 40.000 so'm;

3-o'rin - 30.000 so'm.

Qo'shimcha takliflar va mulohazalar bo'yicha fikr bildirishingiz mumkin.

Kutilmagan muommolar yuz berganda, Texnoman.uz ma'muriyati, tanlov qoidalarini o'zgartirish yoki tanlovni bekor qilish huquqini o'zida saqlab qoladi!


Texnoman Jamoasi - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 7

Alahmadovich
Alahmadovich
Maqolalar aynan dasturlashga doir bo'lishi kerakmi yoki texnologiyalar, tarmoqlar, haqida yozsa ham bo'ladimi
Alahmadovich
Alahmadovich
man diplom ishimmi IOT mavzusida olganman shu xususida yoritsam bo'ladimi
Alahmadovich
Alahmadovich
javob uchun oldindan raxmat
texnoman
texnoman
Alahmadovich, maqolalar mavzusi Bloglar bo'limidagi bloglardan biriga mos kelsa yetarli. IOT haqida ham maqola bo'lsa bo'laveradi.
Hanonyma
Hanonyma
Salom Texnoman. Bitta savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Boshqa manbadagi (o'z manbamdagi) o'z maqolamni, manba sifatida berib kiritsam tanlovda qatnashish imkoni mavjud emasmi?
texnoman
texnoman
Assalom alaykum. Ha boshqa manbadagi maqolani Texnoman.uz saytida joylashtirilsa, bu maqola tanlovda qatnasha olmaydi. Maqola birincha marta Texnoman.uzda joylashtirilayotgan bo'lsa yoki boshqa tildagi biron maqola o'zbekchaga tarjima qilinib, Texnoman.uz saytida joylashtirilsa keyingina maqola tanlovda qatnashishi mumkin.
Hanonyma
Hanonyma
javob uchun raxmat
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!